Smartfonlar “jangi”: ringda OnePlus 5 va Honor 8 Pro

Smartfonlar “jangi”: ringda OnePlus 5 va Honor 8 Pro

So‘nggi oylarda smartfon ishlab chiqarishda xitoylik kompaniyalarning ochiqcha kurashiga guvoh bo‘lyapmiz. Jumladan, Honor brendi 6 gigabaytli Honor 8 Pro smartfonini taqdim qilgach, ko‘p o‘tmay OnePlus kompaniyasi birato‘la 8 gigabaytli OnePlus 5 flagmanini taqdim qildi. Quyida bu mobil aloqa vositalarini taqqoslab ko‘rishga ahd qildi.

Dizayn
Har ikkala smartfonda korpus metalldan tayyorlangan, barmoq izlari skaneri mavjud, bosh kamera uchun 2 ta sensor mavjud, shuningdek dizayn ham bir-biriga o‘xshash.

Honor 8 Pro

Displey
Displey masalasida esa Honor 8 Pro uchun 5.7 dyuymli Quad HD LTPS (2560 x 1440 pikselli), 2.5D shaklidagi himoya shishasi qoplangan ekran tanlangan. OnePlus 5 esa 5.5 dyuymli Full HD (1920×1080 piksel) sig‘imli Optic AMOLED matritsali, 2.5D effektli Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan o‘ziga xos. Bu o‘rinda Honor 8 Pro Quad HD displey bilan bir oz ustun. Shuningdek, OnePlus 5 displeyida “raqamli kinoteatr” texnologiyasi tatbiq qilingan.

OnePlus 5

Platforma
Har ikkala smartfonlar Android Nougat operatsion tizimining firma tomonidan o‘zlashtirilgan talqinlarida ishlashadi. Honor 8 Pro chastota tezligi 2.4 Ggs bo‘lgan 8 yadroli Kirin 960 protsessori va Mali G71 videokartasi, 6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega. OnePlus 5 esa chastota tezligi 2.45 Ggs bo‘lgan 8 yadroli va 64 bitli, 10 nanometrli tex-jarayonda ishlaydigan Snapdragon 835 protsessori hamda Adreno 540 video kartasiga ega. Unga 6/8 GB (LPDDR4x) tezkor va 64/128 Gb (UFS 2.1) doimiy ichki xotira mavjud. Platforma masalasida jahonning ayni paytdagi eng ilg‘or chipiga ega OnePlus 5 bir oz ustun.

OnePlus 5

Kamera
Honor 8 Pro va OnePlus 5’ning kamera jihatlari ham qisman o‘xshab ketadi. OnePlus 5 bosh kamerasida 2 ta ob’yektiv mavjud: 16 megapikel va f/1.7 aperturali, 1.12μm pikselli + 20 megapikselli, f/2.6 aperturali sensorlar. Bu sensorlardan biri telefoto ob’yektiv vazifasini bajaradi. Bosh kamera 4K sig‘imli video tasvirga oladi. Smartfonning old kamera sig‘imi 16 megapikselli.

Honor 8 Pro

Honor 8 Pro bosh kamerasi ham qo‘sh ob’yektivli: 12 megapikselli (oq va qora rangla oladi) + 12 megapikselli (rangli) foto-datchiklar.Bosh kamera 4k sig‘imli video suratga oladi. Smartfonning old kamerasi uchun 8 megapikselli sensor tanlangan. Ekspertlarning fikricha, OnePlus 5 kamerasi nisbatan ilg‘or.

Akkumulyator
OnePlus 5 elektr toki sig‘imi 3300 mA soat bo‘lgan “quvvat toshi” bilan ta’minlangan. Bu akkumulyator Dash charge tezkor quvvat olish texnologiyasi asosida 1 soatga qolmay quvvatini to‘ldirib oladi. Honor 8 Pro esa sig‘imdor, ya’ni 4000 mA soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Unda ham tezkor quvvat olish imkoni mavjud.

Aloqa imkoniyatlari
Honor 8 Pro va OnePlus 5 gadjetlari 2 ta sim-kartali. Ularning har har ikkalasi 4G LTE va boshqa zamonaviy aloqa imkoniyatlariga ega. OnePlus 5’ning yagona ustunligi – Bluetooth 5.0 standartiga egaligi. Honor 8 Pro esa Bluetooth 4.2 standarti bilan ta’minlangan.

O‘lchamlari
Honor 8 Pro: 157 x 77.50 x 6.97 mm, vazni: 184 garmm.

Honor 8 Pro

OnePlus 5: 154.2×74.1×7.25 mm, vazni: 153 gramm.

OnePlus 5

Narx-navo
Honor 8 Pro smartfoni 20 apreldan xalqaro bozorga 614 AQSh dollari bahosida sotila boshlandi. OnePlus 5 esa $479 (6 Gb), $539 (8 GB) dollar narxida sotuvga chiqarilmoqda.

Batafsil o‘qing:

OnePlus 5: «ayfon kushandasi», eng yupqa smartfon taqdim qilindi

Qo‘sh modulli kameraga ega Honor 8 Pro taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.