Smartfonlar “otasi” taqdim qilindi

Smartfonlar “otasi” taqdim qilindi

AQShning mobil texnologiyalar ishlab chiqaruvchi Turing Robotics Industries (TRI) kompaniyasi o‘zining navbatdagi — Turing Phone Cadenza’ni namoyish qildi. ‘Voice On’ texnologiyasiga ega smartfonni foydalanuvchi ovozli buyruq yordamida o‘chirib-yoqishi mumkin. Shuningdek, smartfonning himoya tizimi egasining tovushini tanib olishi va ovozli buyruq biologik skanerdan o‘tkazilganidan so‘ng foydalanuvchiga smartfon tizimiga kirishga ruxsat berilishi mumkin. Ya’ni, endi barmoq izlari skaneriga zarurat qolmadi.

Turing Phone Cadenza smartfoni diagonali 5.8 dyuym, Quad HD (1440×2560 piksel) sig‘imli displey bilan ta’minlangan. Uning boshqa smartfonlardan ustun jihati — kuchli smartfon 1 dona emas, 2 ta Qualcomm Snapdragon 830 protsessorlariga ega.

Turing Phone Cadenza smartfonining tezkor xotirasi 12 GB. Bu hali hammasi emas, uning doimiy ichki xotirasining axborot sig‘imi 1 terabaytga teng. Unda 2 ta 256 GB.lik xotira chipi hamda 500 GB sig‘imli xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydigan microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi mavjud.

Cadenza smartfoni Turing’ kompaniyasining o‘ziga tegishli bo‘lgan “Swordfish” operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tizim sun’iy intellekt funksiyalari bilan ta’minlangan.

Yanada hayratlanarlisi unga 3 linzali 60 megapikselli bosh kamera o‘rnatilgan bo‘lib, IMAX (Aymeks), Image Maximum — «maksimal tasvir») — keng formatli kinematografik tizimga ega kamerada 6K sig‘imli video tasivr yozish mumkin. Old kamera ham chakki emas ikkita 20 MP sig‘imli kameralar. Ya’ni, selfisevarlar uchun ayni muddao.

Hayratlanishda davom etamiz. Foydalanuvchilar Turing Phone Cadenza smartfonidan biryo‘la 4 dona sim-karta qo‘yib foydalanishlari mumkin.

Ilg‘or gadjet akkumulyatori haqida gapirganda endi quvvatni “amper soat”da o‘lchamaymiz. Birato‘la vatt-soatga o‘tamiz. Uning “quvvat toshi”ning sig‘imi 100 Vattga teng. Ya’ni, 8,3 ming metr Amper soat. Smartfonda grafena va litiy-ion elementiga ega 3 ta akkumulyator mavjud.

Uning aloqa va kommunikatsiya imkoniyatlari haqida to‘xtalganda WiGig texnologiyasida ishladyigan chipga egaligi alohida diqqatga sazovor. Bu yangi texnologiya sekundiga 7 gigabit ma’lumotni o‘tkazishga qodir. Ya’ni, bugungi standart bo‘lgan Wi-Fi (802.11ac)’dan 10 barobarga tezroq.

2015 yilning aprel oyida ish boshlagan kompaniya rahbari Stiv Chao o‘zining blogida “Turing Phone Cadenza’ni kelajakdan bugunga olib kelib chinakam odamlarda smartfon haqidagi aniq tasavvurni shakllantirish bizning maqsadimiz”, deydi.

Kompaniya Turing Phone Cadenza smartfonini 2017 yildan yetkazib bera boshlaydi. Hozircha super-smartfon narx-navosi xususida hech nima deyilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!