Smartfonlar qancha umrimizni o‘g‘irlashini ekspertlar hisobladi

Smartfonlar qancha umrimizni o‘g‘irlashini ekspertlar hisobladi

Smartfon bilan o‘tkazgan vaqtimizni qo‘shib chiqsa, bir yilda 49 kunni tashkil qilishi tajriba davomida ma’lum bo‘ldi. Smartfon egalari kuniga uch soatdan ortiq vaqtini ekranga termilib o‘tkazar ekan.

Avstraliyada o‘tkazilgan tajribada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar ishtirok etishdi. Mutaxassislar 16 yoshida qo‘liga smartfon olgan inson o‘rtacha 80 yil yashasa, shundan kamida 8 yilini mobil qurilmasiga sarflaydi, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, smartfon egasi bir kunda o‘rtacha 150 marta ekranga qarar ekan. Telefon qo‘liga “yopishib qolganlar”ning 63 foizi ijtimoiy tarmoqlar bilan mashg‘ul bo‘lsa, taxminan 50 foizi videorolik tomoshasiga mukkasidan ketganlardir. Foydalanuvchilar telefonga o‘rnatilgan 70 ilovadan ko‘pi bilan 10tasini ishlatishadi.

Eng qiziq fakt shu bo‘ldiki, ko‘pchilik 46 yoshdan so‘ng smartfon va planshetni qo‘lidan qo‘yib risoladagidek odamlarga o‘xshab umr kechira boshlar ekan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!