Smartfonlarning eng keraksiz funksiyalarini bilasizmi?

  •   Saroy
  •  3225
  •  18.07.2018 12:11

Smartfonlarning eng keraksiz funksiyalarini bilasizmi?

Biz zamonaviy smartfonlarning turli funksiyalarini maqtashga o‘rganib qolganmiz. Chunki smartfon ishlab chiqaruvchilari ko‘plab funksiyalarni innovatsiyaviy ishlanmalar mahsuli deb taklif etadilar, amalda esa, shunchaki qimmat sotish uchun  marketing ayyorlik bo‘lib chiqadi. Yaqinda  «Gazeta.Ru» zamonaviy smartfonlarda eng keraksiz funksiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni, bu qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, Apple protsessori  Qualcomm, Samsung va HiSilicon bo‘lib chiqdi. Nashrning yozishicha, ushbu qimmat komplektatsiya qurilmaning yakuniy narxini oshiradi, albatta, shu bilan birga ushbu  qimmat protsessorlar istalgan vazifani bajaradi  faqat: «VR tasviridan va maksimal formatda bir juft o‘yindan tashqari».

Agar siz vertual reallik qalpog‘i ishqibozi bo‘lmasangiz QHD formatidagi ekranlar yoki hatto 4K ham oddiy hayotda umuman keraksiz matoh hisoblanadi, yana yuqori formatni yoki energiyani ko‘p sarflasa va avtonom ishlash vaqtiga ta’sir qilsa.

Ma’lum bo‘lishicha,  4K-videoda suratga olish ham kerak emas ekan, chunki 90 foiz video, smartfonda olinadi, telefonda ko‘riladi yoki ijtimoiy tarmoqqa joylashtiriladi.

Dolby Atmos ovozi faqat to‘laqonli uy kinoteatrida kino va o‘yinlarni ko‘rganda asqotadi.

Super slow motion sekinlashtirilgan suratga olish faqat profissional operatorning smartfoniga ilovasiz yuzlab dublni qilish mumkin, yoki u xuddi stop-kadr kabi ko‘rinadi, yoki kerakli lahzani ushlay olmaydi.

3D Touch va Force Touch kabi bosish kuchini aniqlaydigan funksiya kontekst menyuni chaqirishdan tashqari, qariyb foydalanilmaydi. Yana bunday ekranni almashtirish ham qimmat turadi.

Reallikni to‘ldirish funksiyasi chiroyli jaranglaydi va namoyish qilishga arziydi, lekin  AR-ilova  juda chala, qo‘pol, kam sonli va yana uch yil shunday bo‘lib qoladi.

Animillashgan emodzi, jumladan iPhone X smartfonidagi Animoji  ham oliftalikdan boshqa narsa emas. To‘g‘risini aytamiz, haqiqiy hayotda hech kimda yuzini animallashgan maxluqqa aylantirgisi kelasa kerak.

Smartfondagi bo‘lingan ekran funksiyasining  ham umuman, zarurati yo‘q. U diagonali 5-6 dyumli smartfonlarga emas, balki  planshetlarga kerak bo‘ladi.

Ha, eng so‘nggi zamonaviy smartfonlarimiz mukammal yaratilgan deyishimizga hali erta, chamasi. Mana sinchiklab e’tibor beradigan bo‘lsak kamchiliklarni ham topishimiz yetmaganidek, keraksiz, ishlatmasak ham bo‘ladigan matohlarni ham topsa bo‘lar ekan. Faqat bir savol ochiq qolyapti:  agar kerak bo‘lmasa ularni nega smartfonga joylashtirgan?. Ehtimol kompaniyalar mahsulotlarini bekomu ko‘st bo‘lsin, deb shunday qilgandir yoki apparatning narxini ko‘tarishmikan?  

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.