Snapchat xotiralarni “avlodlar uchun” saqlab qo‘yish xizmatini taqdim etdi

Snapchat xotiralarni “avlodlar uchun” saqlab qo‘yish xizmatini taqdim etdi

Ommabop Snapchat servisi ishlab chiquvchilari ilova-dasturga yangi — Memories (Xotiralar) funksiyasi qo‘shilganini ma’lum qildi. Bu haqda Ferra.ru xabar bermoqda.

Memories yoqimli xotiralar va snaplar “avlodlar uchun” saqlab qo‘yish imkonini beradi. Saqlangan kontentni do‘stlarga yuborish, ular yordamida yangi xotiralarni yaratish yoki shunchaki qayta tomosha qilish mumkin.

Xotiralar smartfon galereyalarida emas, balki Snapchat serverlarida saqlanadi. Snapchat jamoasi yangi funksiyani bir oy davomida bosqichma-bosqich joriy etish niyatida.

Ma’lum bir foydalanuvchida Memories funksiyasidan foydalanish imkoni paydo bo‘lsa, u bu haqda bildirishnoma oladi.

iOS va Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan yangilangan Snapchat ilova-dasturini App Store va Google Play’dan bepul yuklab olish mumkin.