Snapdragon 735 haqida ma’lumotlar sizdirildi

Snapdragon 735 haqida ma’lumotlar sizdirildi

Qualcomm aprel oyida o‘rta toifaning yuqori sinf smartfonlari uchun 8 nanometrli Snapdragon 730 va 730G chiplarini chiqargan edi. Endi esa ularning davomchisi bo‘lgan Snapdragon 735'ning ba’zi jihatlari oshkor bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, SoC 7 nanometrli protsess asosiga qurilgan bo‘lib, butunlay boshqacha tuzilishga ega bo‘ladi.

Twitter'dagi postda xabar berilishicha, maxfiy SM7250 nomi bilan yuritilayotgan chip Cortex-A76'ga asoslangan 2.36 GHz va 2.32 GHz chastotali ikkita Kyro yadrosiga ega bo‘ladi. Chipning qolgan qismi oltita Cortex-A55 yadrolaridan iborat konglemorat bo‘lib, 1.73 GHz chastotada ishlaydi. Grafik protsessori bo‘lgan Adreno 620 esa Snapdragon 730'dagi Adreno 618'ning yangilangan talqini hisoblanadi.

Joriy yilning dastlabki olti oyida Snapdragon 735 haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalgan edi, biroq chipning CPU'sida shundan buyon o‘zgarishlar qilingan ko‘rinadi.

Bizningcha, yangi chip dekabr oyida Gavayida o‘tkaziladigan marosimda rasman taqdim qilinadi.

O‘QING: Snapdragon 865 protsessorli ilk smartfon rasman taqdim etildi, lekin uni kim chiqardi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!