Snapdragon 782G chipli ilk smartfon: Honor 80 taqdim qilindi!

Snapdragon 782G chipli ilk smartfon: Honor 80 taqdim qilindi!

Honor kompaniyasi bugun Xitoyda o'zining yildagi eng katta taqdimotlaridan birini o'tkazdi va unda Honor 80 seriyasidagi yangi smartfonlarini taqdim qildi. Honor 80 qatordagi o'rta model bo'lib, u Qualcomm'ning yangi chiqarilgan Snapdragon 782G chipi bilan jihozlangan.

Shuningdek, u boshqa smartfonlarda topilmaydigan 160 megapikselli asosiy orqa kameraga ham ega. Old tomonda smartfon 120 gerts yangilanish tezligiga ega 6.67 dyuymli yon tomonlari egilgan OLED displeyga ega. Ekran yuqori markazidan esa 32 MP selfi kamera o'rin olgan.

Qurilma 4,800 mA/s batareyaga ega va uni 66 Vt tezlik bilan 15 daqiqada 50 foizgacha quvvatlash mumkin. Ha, aytgancha, Honor 80 smartfonlari ular bilan birga taqdim qilingan Magic 7.0 operatsion tizimida ishlaydi. Aytish kerakki, smartfon orqa kamerasi bir qarashda 8 raqamini eslatib yuboradi va bu qurilma nomi bilan bog'liqligi kundek ravshan.

Honor 80 uchun oldindan buyurtma berish allaqachon boshlangan va uning narxi xotira konfiguratsiyaga qarab quyidagicha:

8GB + 256GB = 2699 yuan (4,211,000 so'm atrofida)
12GB + 256GB = 2999 yuan (4,679,000 so'm atrofida)
12GB + 512GB = 3299 yuan (5,147,000 so'm atrofida)

O'QING: Vivo X90 Pro+ - Snapdragon 8 Gen2 chipli yangi kamerafon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!