Snapdragon 820 protsessorli ilk smartfon

Snapdragon 820 protsessorli ilk smartfon

Samsung va Sony kompaniyasi CES 2016 elektronika ko‘rgazmasiga flagmen smartfonlarini olib kelmagan bo‘lsa-da, personal gadjet muxlislarini xursand qiladigan taqdimotlar yo‘q emas. Masalan, Letv kompaniyasi ko‘rgazmada dunyodagi ilk Snapdragon 820 protsessorli Letv Le Max Pro smartfonini namoyish qildi. Unda kuchli smartfonga xos barcha jihatlar mavjud.

Ultratovushli identifikatsiya

Letv Le Max Pro smartfoniga ilk bor ultratovushli biometrik identifikatsiya texnologiyasi asosidagi Qualcomm Snapdragon Sense ID protsessori o‘rnatildi. Bu haqida o‘tgan yili xabar qilingan va dasturchilar uni ishonchli hamda xavfsiz texnologiya, deb aytgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, barmoqni skaner qilishda gadjet uning uch o‘lchamli modelini yaratadi. Skanerlashni oyna, alyuminiy, plastik va temir amalga oshiradi. Texnologiya suv, yog‘ yoki sovunli barmoqni skanerlamaydi.

Ishlab chiqaruvchilar Letv Le Max Pro smartfoni tavsifi haqida rasmiy ma’lumot berishmadi. Shu jumladan, narxi va sotuv vaqti borasida ham biror aniq axborot tarqatilmagan.

TAVSIF

Smartfon 6.33-dyuym IPS-ekran, Quad HD (2440 × 1440). Ishlab chiqaruvchi Sharp kompaniyasi. Shu bois, smartfonni bitta qo‘l bilan boshqarib bo‘lmaydi. Ekran keng, ranglar uzatmasi yorqin va to‘liq bo‘lib, bu borada Letv Le Max Pro`da alohida kamchiliklar yo‘q.

Smartfonning operativ xotirasi– 4 GB (modul LPDDR4), doimiy xotira – 64 GB. Letv Le Max Pro tezkor quvvatlash texnologiyasi—Qualcomm Quick Charge 2.0 ni “qo‘llay oladi” va akkumulyator quvvati yarim soatda 0 dan 60 % foizga yetadi.

Gadjet korpusi – matalldan. Dizayn jihatdan iPhone 6s Plus va Huawei Mate 8`ga o‘xshab ketadi. Kamera, albatta, ikkita. Asosiy kamera 21 MP ko‘rsatish qobiliyatiga ega.

Letv Le Max Pro smartfoni–yuqori tezlikka ega Wi-Fi 802.11ad`ga bog‘lana oladi va LTE`da ishlaydi va USB Type-C universal port bilan ta’minlangan.