Snapdragon 845'ga ega navbatdagi smartfon taqdim qilindi

Snapdragon 845'ga ega navbatdagi smartfon taqdim qilindi

Sony kompaniyasi Mobile World Congress 2018 anjumani doirasida Xperia XZ2 hamda Xperia XZ2 Compact flagmanlarini taqdim qildi. Har ikkala smartfonlar 18:9 nisbatli ekranga, eng kuchli Snapdragon 845 protsessori hamda 19 megapikselli bosh kameraga ega bo‘lishgan.

Sony Xperia XZ2 modeli 5.7 dyuymli, Full HD+ (2160 x 1080) sig‘imli va LCD HDR-matritsali displey bilan ta’minlangan.

Platforma samaradorligi uchun Qualcomm’ning eng so‘nggi Snapdragon 845 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira tanlangan. microSD orqali doimiy xotirani 400 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Smartfon displeyi Sony’ning Advanced X-Reality texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiya HDR bo‘lmagan videolarni “HDR sifati” bilan olib uzatadi.

Xperia XZ2 korpusi alyuminiy sinch bilan o‘rab olingan va displey 3D shakliga ega Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

19 megapikselli sensorning aperturasi f/2.0 standartida. Bosh kamera fazali aniqlash, lazerli avtofokus, LED fotochaqnoq, gibrid avtofokus, 5 o‘qli barqarorlashtirish kabi funksiyalarga ega. Unda 4K sig‘imli HDR video tasvirga olish mumkin.

Xperia XZ2 bosh kamerasi sekinlashtirilgan rejimda sekundiga 960 ta kadr yozish imkoniga ega.

Old kamera 5 megapikselli va Sony’ning 3D model skanerlash texnologiyasi yordamida foydalanuvchi qiyofasining emojisini yaratishi mumkin.

Xperia XZ2 modeli Hi-Fi audio texnologiyasi va Qualcomm’ning aptX HD chipiga ega bo‘lgan va stereo dinamiklar ovozni “S Force” texnologiyasi bo‘yicha 20 foizga yaxshilab beradi.

Xperia XZ2 korpusi IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya qilingan. Uning akkumulyator sig‘imi 3.180 mA soat va uni USB Type-C orqali tezkor yoki simsiz quvvatlash mumkin.

Android 8.0 (Oreo) operatsion tizimida ishlaydigan smartfon Wi-Fi 802.11ac, Miracast, NFC, hamda Bluetooth 5.0 aloqa tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, smartfonda barmoq izi skaneri ham mavjud.

O‘lchamlar: 153 x 72 x 11.1 mm; vazni: 198 gramm.

Sony Xperia XZ2 Compact modeli esa 5 dyuymli, 18:9 nisbatli displeyga ega bo‘lgan. Shu bilan birga bu devays ham Snapdragon 845 chipi bilan yanada kuchli.

Jihatlari:
Ekran: 5 dyuymli, 2160 x 1080 pikselli, Triluminos HDR texnologiyasi tatbiq qilingan, Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi;
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 hamda Adreno 630 video kartasi;
Xotira: 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy, microSD orqali 400 Gb.gacha oshirish mumkin;
Tashqi ta’sirdan himoya: IP65/IP68;
Kamera: 19 megapikselli; kamera fazali aniqlash, lazerli avtofokus, LED fotochaqnoq, gibrid avtofokus, 5 o‘qli barqarorlashtirish funksiyalariga ega. Unda 4K sig‘imli HDR video va sekinlashtirilgan rejimda sekundiga 960 ta kadr yozish mumkin.
Old kamera: 5 megapikselli;
Ovoz sifati: stereo dinamik, maxsus texnologiya va chip;
Aloqa: 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz) MIMO, Bluetooth 5.0, GPS/ GLONASS, NFC, USB 3.1 Type-C, barmoq izi skaneri;
Akkumulyator: 2870 mA soat, Qualcomm Quick Charge 3.0 asosida tezkor quvvatlash;
O‘lchamlari: 135 x 65x 12.1 mm; Weight: 168 gramm;

Smartfonlar oq-kumush, qora, yashil va pushti rangli korpuslarda ishlab chiqariladi.

Narx-navo

Har ikkala flagmanlarning martning boshidayoq sotuvga chiqishi xabar qilinmoqda. Smartfonlar avvaliga Yevropa bozorlarida sotiladi. Sony Xperia XZ2 modeli 800 yevro (980 AQSh dollari), Xperia XZ2 Compact ixcham modeli 700 (880 AQSh dollari) yevrodan sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!