Snapdragon 865 platformasidagi eng arzon smartfon deyarli tayyor

Snapdragon 865 platformasidagi eng arzon smartfon deyarli tayyor

O‘tgan yili amalda mustaqil IQOO brendi Snapdragon 845 va 855 platformalaridagi arzon smartfonlari bilan hammani hayratlantirgan edi, bu voqea shu yil ham takrorlanadiganga o‘xshaydi, bitta chipli Snapdragon 865 sistemasi navbatdagi arzon IQOO modeli uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Uning chiqarilishini - ishonchli xitoylik bloger tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilma Snapdragon 865 platformasidagi eng arzon smartfonlardan biri bo‘lib, 55 vatt quvvatlagichga ham ega. Bundan tashqari, IQOO 3 5G nomi 5G modem mavjudligini ko‘rsatadi. Yaratuvchilar xotira va kamera kabi boshqa parametrlarda ham saxiylik qiladiganga o‘xshaydi.

IQOO 3 5G fevral oyida taqdim etilishi mumkin. Narxiga kelsak, u taxminan 300-350 dollarni tashkil qiladi.

O‘QING: JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!