Snapdragon 888'da ishlovchi Huawei P50'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Snapdragon 888'da ishlovchi Huawei P50'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Huawei'ning shaxsi noma’lum xodimlari Huawei P50 smartfoni joriy yilning 29 iyulida sotuvga chiqarilishini tasdiqlashmoqda.

O‘QING: Huawei 90 vattlik tezkor quvvatlash tizimi ustida ishlamoqda

Birinchi model beshinchi avlod tarmoqlari modemisiz Snapdragon 888 SoC bilan jihozlanadi. Dastlab, Huawei P50 seriyasi bahorda chiqishi kutilgan edi, ammo taqdimot keyingi sanaga qoldirilgandi. Iyun oyi boshida HarmonyOS 2.0 ga bag‘ishlangan anjumanda Huawei rahbari shaxsan Huawei P50 seriyasini e’lon qilgan, ammo chiqish sanasini ko‘rsatmagandi.

Insayderlarning ta’kidlashicha, 29 iyul tasdiqlangan sana bo‘lib, o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, Huawei oflayn do‘konining xodimi ham ushbu ishga sotuv sanasini tasdiqladi.
Shuningdek, Huawei P50 Pro avgust oyida chiqarilishi haqida xabarlar mavjud. Ushbu qurilma Kirin 9000 SoC bilan jihozlangan bo‘ladi, ammo yil oxiriga qadar kompaniya ushbu qurilmada Qualcomm Snapdragon 888 SoC'ni ishlatishi kerak.

O‘tgan yili Huawei 5G flagmani Kirin SoC'ning ulkan zaxirasiga ega edi, ammo hozirda bu zaxira kamayib bormoqda.

O‘QING: Huawei ekranosti selfi kamerali smartfonni patentladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!