Snayper ko‘rinmaydimi? Amerika armiyasi yangi kamuflyajni sinab ko‘rmoqda

  •   Saroy
  •  1402
  •  11.10.2018 10:32

Snayper ko‘rinmaydimi? Amerika armiyasi yangi kamuflyajni sinab ko‘rmoqda

Pentagon Improved Ghillie System (IGS) dasturi doirasida yangi niqob kiyim-boshni testdan o‘tkazmoqda. Barcha qulayliklaridan tashqari, yangi forma askarni infraqizil diapazonda ham sezdirmaydigan bo‘lishi kerak.

Amerikaliklar  merganlar uchun harbiy  kamuflyajni almashtirishga qaror qilishdi. Yangi material ochiq maydonda hamda tunda ko‘radigan uskuna uchun infraqizil diapazonda ham payqalmaydigan bo‘lishi kerak. Qolaversa, Pentagonning talabi bo‘yicha, kamuflyaj o‘zining olovga hamda portlashga chidamliligi bilan avvalgilardan ajralib turishi lozim.

O‘QING:Pentagon dronlarga qarshi qurashishning yangi usulini yaratmoqda

Xavfsizlik xavfsizlik uchun, albatta. Lekin armiya mutasaddilari jangchiga  qulaylik yaratish masalasini ham e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q, ya’ni harbiy forma yengil bo‘lishi kerak. Uning og‘irligi to‘liq komplekti bilan 2,2 kilogrammdan oshmasligi lozim. Niqoblanish qulay va shu bilan birga, asosiy formaning ustidan bemalol kiyish uchun keng bo‘lishi kerak.   Yana bir muhim punkt  — bu materialning «arzonligi».

Yangi kamuflyaj forma IGS Improved Ghillie System degan kod nomiga ega bo‘ldi. Takomillashtirilgan kostyum-kikimor,  deb ta’rif berilayotgan yangi niqob-kostyumning  sinov jarayoni 2019 yil bahorda Fort-Benning harbiy bazasi hududida boshlanadi. Kamuflyaj testdan muvaffaqiyatli o‘tsa, AQSh Mudofaa vazirligi 3500 dona sotib olishini ma’lum qilgan.

O‘QING:Hazil emas: AQSh armiyasi urushda shilliqqurtdan foydalanmoqchi

 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!