Snouden Telegram'ning bloklanishi bo‘yicha fikrini bildirdi

Snouden Telegram'ning bloklanishi bo‘yicha fikrini bildirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden Telegram asoschisi Pavel Durovning messenjerni Rossiya hududida bloklash bo‘yicha hukumat qaroriga nisbatan tutgan pozitsiyasini va nuqtai nazarini tahsinga sazovor dedi. Edvard Snouden bu borada fikrlarini Twitter tarmog‘ida o‘rtoqlashgan.

Snouden tomonidan qayd etilishicha, u avvalroq Telegram tizimidagi xavfsizlik holatini tanqid ostiga olgan bo‘lsa ham, Rossiya hukumatining messenjerni mamlakat hududida bloklash bo‘yicha qaroriga nisbatan Durovning munosabati uni qoyil qoldirgan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram xizmatining bloklanishi Rossiyada internet inqirozini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 

O‘qing: Mi Max 3: jihatlari, taqdimot va narxi ma’lum

«Hukumatning Telegram foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarini ochib berish bo‘yicha Durovga qo‘ygan fashistik talabining rad qilinishi hamda bunday siyosatga qarshilik qilinishi — axloqiy jihatdan eng munosib javob bo‘ldi hamda bunday nuqtai nazar o‘zida chinakam liderlik xususiyatini namoyon qiladi», — deydi Snouden.

Shu bilan birga, amerikalik mutaxassis Roskomnadzorning xatti-harakatlarini «telbalik» deb baholadi. Snouden mazkur tarixiy jarayonlarni yoritayotgan jurnalistlarga murojaat qilib, agar Amazon hamda Google ham shunday holatga duch kelsa va foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hukumatga taqdim qilsa, bu hukumat tomonidan inson huquqlariga qarshi harakat bo‘lishini ma’lum qildi.

O‘qing: Xiaomi rasman Mi 6X suratini, ma’lumotlarni e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.