Sober Driver Service – haydovchi xizmati ilovasi

  •   DiMaX
  •  1048
  •  26.04.2017 10:21

Sober Driver Service – haydovchi xizmati ilovasi

Zamonaviy texnologiyalar kundalik turmushimizga tobora kirib kelayotgan bugungi kunda, turli hayotiy vaziyatlarda kishilarni qo‘llab yuboruvchi xizmatlar ham rivojlanmoqda. Bugun shulardan biri – Sober Driver Service, ya’ni haydovchi xizmati, uning sayti va ilovasi bilan tanishtiramiz.

Turfa vaziyatlar bo‘ladi…

Deylik, kun bo‘yi ishlab charchagansiz, yoki kutilmaganda mazangiz qochib qoldi va natijada uyga qaytishda avtomobilingizni risoladagidek boshqara olishingizga ko‘zingiz yetmaydi. Yo bo‘lmasa, haydovchingizning zarur ishi chiqib qolib, xizmat mashinasini qoldirib ketgan, ammo o‘zingizda avtomobilni boshqarish bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Yoki, masalan, kutilmaganda do‘stlar yo yaqinlar davrasida, ularning ko‘ngli uchun bir-ikki qadah ko‘tarishga to‘g‘ri kelib qoldi. Tabiiyki, shirakayf holda rulga o‘tirish – oqilona ish emas. Xo‘sh, bunday vaziyatlarda nima qilish mumkin? Bunda hushyor haydovchi chaqirish – masalaning eng maqbul yechimidir.

Sober Driver Service (SDS) kompaniyasi aynan shu kabi holatlarda sizni qo‘llab yuborish uchun tashkil etilgan. Mazkur servisning ko‘p yillik tajribaga ega hushyor haydovchisi sutkaning istalgan vaqtida shaharning istalgan nuqtasiga yetib borib, o‘zingizning avtotransport vositangizda sizni uyingizgacha eltib qo‘yadi.

Mazkur servis uzluksiz va hamyonbop narxlarda xizmat ko‘rsatadi hamda barcha marka va modellardagi avtomobillar bilan ishlay oladi. Siz shunchaki kompaniyaning mutaxassislari bilan bog‘lanib, manzilni va yetib borish vaqtini aytsangiz bas.

Afzalliklari qanday?

Hushyor haydovchi xizmatidan foydalanish orqali siz bir qator muammolarning oldini olasiz va vaqtingizni tejaysiz.

Jumladan, mast holda rulga o‘tirish tufayli qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaysiz – bu esa sizni ma’muriy (ba’zan hatto jinoiy) javobgarlikka tortilishdan, uzoq muddatga haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lishdan asraydi.

Shuningdek, shirakayflik yoki charchoq, kasallik tufayli rulni yaxshi boshqara olmasdan, yo‘l-transport hodisasi sodir etmaysiz – bu esa avtomobilingizni ta’mirlatishga ketadigan sarf-xarajatlarning oldini olish, deganidir.

Va eng asosiysi – yo‘lda o‘zingizning va hamrohlaringizning salomatligi hamda xavfsizligidan tashvish chekmaysiz! Axir, salomatlik va xotirjamlik siz uchun hamma narsadan muhim emasmi?

Hujjatbozlik masalasi…

Bu tomonidan xotirjam bo‘lavering, yo‘ldagi harakat davomida avtomobilingizning sug‘urtasi borasida birorta muammo yuzaga kelmaydi. Haydovchining yonida aynan sizning mashinangizni boshqarish huquqini beruvchi sug‘urta polisi mavjud bo‘ladi.

Sizdan talab etiladigani – buyurtma berish payti haydovchiga o‘z avtomobilingizning texnik pasporti raqamini aytib qo‘ysangiz bas. Bu raqam ma’lum muddat mobaynida – u mashinangizni boshqaradigan vaqt davomidagina amal qiluvchi sug‘urta polisiga yoziladi.

Yana bir afzalligi – agarda mashinangizni boshqarishi payti haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzsa, buning uchun jarima kompaniya hisobidan to‘lanadi.

Yana qanday xizmatlari bor?

Yuqoridagilardan tashqari, Sober Driver Service kompaniyasining quyidagi xizmatlaridan ham foydalanishingiz mumkin:

Dam olish kunlari haydovchisi. Hafta davomidagi charchoqlarni chiqarish, oila a’zolaringiz bilan birga maroqli dam olish uchun shanba-yakshanba kunlari tabiat qo‘yniga chiqmoqchimisiz? Balki do‘stlaringiz bilan shahardan tashqaridagi biror so‘lim go‘shaga chiqib, ulfatchilik qilish rejangiz bordir?

Ko‘pincha bu kabi vaziyatlarda asosiy to‘siq – avtomobilingizni boshqarish mas’uliyati bo‘ladi. Ammo SDS sizni bu mas’uliyatdan xalos eta oladi! Dam olish kunlari yoqimli sayohat qilish uchun kompaniyadan haydovchi buyurtma qilishingiz mumkin.

Xonadon haydovchisi xizmati. Bu – aslida hozirgi paytda ancha keng tarqalgan xizmat turi. Har bir kun ishlar va boshqa yumushlar bilan band bo‘lgan hollarda, bunday yordam har qanday zamonaviy xonadon uchun asqotishi turgan gap. Deylik, farzandlaringizni bog‘chasi, maktabi, to‘garagi yoki o‘qishiga, ayolingiz yo ota-onangizni qarindoshlaringiznikiga yo do‘konlarga eltish, ularni uygi olib kelib qo‘yish singari xizmatlar Sober Driver Service kompaniyasi haydovchilari tomonidan qoyilmaqom tarzda bajariladi. Professional haydovchilar nafaqat xonadoningiz a’zolarini kerakli joylarga eltib qo‘yishadi, balki safar davomida ularning hamda avtomobilingizning xavfsizligi haqida ham qayg‘urishadi.

Bulardan tashqari, Xonadon haydovchisi xizmati doirasida kompaniya xodimi siz vaqt ajrata olmayotgan va yo‘l yurish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa yumushlarni ham bajaradi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarni xarid qilib, uyingizgacha eltib berish, kimyoviy tozalashga topshirgan kiyimlaringizni olib kelib berish va shu kabilarni ham SDS haydovchilari bemalol uddalashadi.

Ishonchlilik darajasi qanaqa?

Sober Driver Service kompaniyasi xodimlariga o‘z avtomobilingizni, haydovchilik bilan bog‘liq oilaviy yumushlarni bemalol ishonib topshirsangiz bo‘ladi. Bu borada o‘zingizning yoki oila a’zolaringizning xavfsizligi borasida xavotirlanishga o‘rin yo‘q.

Kompaniyaga buyurtma berayotib, shunga amin bo‘lingki, haydovchi:

  • ko‘p yillik avariyasiz ish tajribasiga ega bo‘lib, shaharni, yo‘l harakati qoidalarini va mashinalarni juda yaxshi biladi;
  • avtomobilingizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladi, harakat davomida yo‘lovchilarning – sizning va yaqinlaringizning xavfsizligini ta’minlaydi;
  • xizmat etiketiga amal qiladi – oraliq masofa saqlashni biladi va batartib tashqi ko‘rinishda bo‘ladi.

Ahil jamoa

Sober Driver Service kompaniyasi yuqori darajada servis xizmatini taqdim etish uchun mazkur soha bo‘yicha xorijda ham ish tajribasiga ega bo‘lgan menejerlar, charchamasdan buyurtmalarni qabul qiluvchi va ularning bajarilishini nazorat etuvchi operatorlar, sizga qulay bo‘lishi uchun benuqson ishlovchi dasturiy ta’minot yaratishga qodir dasturchilar va, tabiiyki, sizga xizmat ma’qul kelishi uchun professional haydovchilardan iborat do‘stona jamoa tashkil qilgan.

Xodimlar mazkur servisni yanada qulayroq va qiziqarliroq qilish maqsadida har kuni tinim bilmay faoliyat yuritadilar. Xizmat ko‘rsatish sifatining muntazam nazorat etib borilishi kompaniya faoliyatining asosini tashkil etadi.

Kompaniya sayti va ilovasi

Mazkur kompaniya sober.uz manzilida sayt hamda Android tizimli qurilmalar uchun ilova faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Saytda kompaniya haqidagi ma’lumotlar hamda u taqdim etayotgan xizmat turlari, ularning afzalliklari va narxlari ham berilgan. Bulardan tashqari, haydovchilik faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va qonunchilikda ularga belgilangan jazo turlari xususida ham ma’lumot taqdim etilgan. Undagi savol-javoblar bo‘limida esa Sober Driver Service xizmatlaridan foydalanish payti yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha savollar va ularga javoblar berilgan.

Ushbu servisning Android-ilovasini mana bu havola orqali ko‘chirib olib, o‘z qurilmangizga o‘rnatishingiz mumkin. Uning yordamida kunning istalgan payti SDS xizmatlariga buyurtma bera olasiz. Bu zarurat tug‘ilgan payti haydovchi chaqirishning juda qulay usuli bo‘lib, kompaniya sizga xizmat ko‘rsatishdan hamisha mamnundir.

Avtomobilingizni ehtiyotkorona boshqarib, o‘zingizni va yaqinlaringizni aytilgan joyga eltib qo‘yuvchi, bunda xavfsizlikni bekamu ko‘st ta’minlaydigan Sober Driver Service haydovchilari xizmatlaridan siz ham foydalaning!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.