"Solana Saga" laqabli Osom OV1 smartfoni

Essential kompaniyasi sobiq injinerlari tomonidan yaratilgan Osom kompaniyasi o'tgan yildan buyon o'zlarining OV1 nomli maxfiylik va xavfsizlikka qaratilgan Android smartfonlarini taqdim qilishni ortga surib kelishayotgan edi. So'nggi xabarlarga ko'ra esa, Solana, taniqli blokcheyn kompaniyasi, bir necha kun oldin Nyu-Yorkda o'tkazilgan tadbirda Osom bilan hamkorlik qilishi va OV1 smartfonini Saga nomiga qayta brendlagani ma'lum bo'ldi.

Solana bosh direktori Anatoliy Yakovenko Saga smartfoni bilan
Kris Uelch surati / The Verge

“Osom kompaniyasi Saga smartfonini yaratishda Solana bilan hamkorlik qilishdan juda xursand. Dunyo Web3 ni qo'llab-quvvatlash uchun yangi qurilma kompaniyalariga muhtoj. O'tmishdagi ekotizimlarisiz kelajakka qaratilgan ekotizimni yaratish juda ajoyib", deydi Jeyson Keats, Osom asoschisi va bosh direktori.

Solana Saga texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, Android smartfon 6.67 dyuymli, 120Hz yangilanish tezligiga ega OLED displeyga ega. U 12 GB operativ va 512 GB doimiy xotira bilan Qualcomm'ning Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetida ishlaydi. Telefon orqasida 50 megapikselli asosiy kamerasi va 12 megapikselli ultra keng kamerasi, oldida esa 16 megapikselli selfi kamerasi mavjud. Batareyasi esa 4,100 mAh bo'lib, u simsiz zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi.

Saga smartfoni Osom shu yil boshida ko'rsatgan OV1 bilan bir xil dizaynga ega.
Kris Uelch surati / The Verge

Qurilma kripto hamyonlar, Web3 va NFT'lar bilan ishlaydigan odamlar uchun mo'ljallangan bo'lib, u Solana blokcheyniga asoslangan, markazlashtirilmagan ilovalarni qo'llab-quvvatlaydigan noyob xususiyatga ega. Uning blokcheyn bilan chambarchas integratsiyalangan xususiyatlari Web3 da tranzaksiyalarni oson va xavfsiz qilish, hamda, tokenlar va NFT'lar kabi raqamli aktivlarni boshqarish imkonini beradi.

Web3 ga qaratilgan ushbu kripto-smartfon $1000 narxga baholangan va uning uchun allaqachon oldindan buyurtma berish boshlangan. Solana kompaniyasi bergan ma'lumotlarga ko'ra Saga flagman smartfonini 2023-yil birinchi choragidan boshlab yetkazib berish boshlanadi.

O'QING: Huawei ham o'zining yangi smartfonini taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!