Sony 4K HDR innovatsion televizorlarini sotuvga chiqardi

Sony 4K HDR innovatsion televizorlarini sotuvga chiqardi

Sony kompaniyasi yangi innovatsion texnologiyaga ega BRAVIA turkumidagi XE94, XE93, XE90, XE80 modelidagi televizorlarini sotuvga chiqarganini ma’lum qildi. Aytish joizki, bu televizorlar narxlari xaridorlarni cho‘chitmoqda. Ekrani 65 dyuymli bo‘lgan televizor modellari ular orasida eng qimmati bo‘lib, 5 ming AQSh dollariga baholanmoqda.


Yangi televizorlarning o‘ziga xosliklari

BRAVIA turkumidagi XE94, XE93, XE90, XE80 televizorlari tele-kontentni “4K HDR” sig‘imli o‘ta yuqori sifatda namoyish etadi. HDR – ya’ni, kengaytirilgan dinamik rangli diapazonda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tgan tasvir ranglari yuqori aniqlikda, qa’rigacha vizual detallarga boy va yorqin holatda, reallikka yaqin darajada olib uzatiladi. Tomoshabin ranglar darajasi o‘rtasidagi nozik farqlarni ham oson ko‘radi va his qiladi.

XE93 seriyasiga kiruvchi televizorlarda Slim Backlight Drive+ texnologiyasi joriy qilingan bo‘lib, ekran xonadagi yorug‘lik me’yoriga ko‘ra o‘zidagi yorqinlik darajasini avtomat tarzda sozlaydi. XE94 seriyasidagi televizorlar displeylarining barchasida svetodiodlar matritsaning yuzasi bo‘ylab joylashtirilgan.

Ushbu yuqori turkumga kiruvchi televizor modellarining barchasida X1 Extreme protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, u 3 ta yangi texnologiyalarni – tasvirdagi binolarni samarali yoritishga mo‘ljallangan HDR, ma’lumot uzatuvchi markazlardan signal qabul qilib, tasvir uzatishni barqarorlashtiradigan Super Bit Mapping 4K HDR hamda tasvir sifatini oshiruvchi texnologiyalar tatbiq qilingan.

Televizorlar korpusi maksimal darajada yupqa va qurilma har tomondan qaraganda ham estetik jihatdan mutanosib taassurot qoldiradi. Televizorlar Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Ularda ovozli qidiruv tizimi mavjud. Buning uchun boshqaruv pultida maxsus tugmacha bor. Televizor 1 eksabaytgacha ma’lumotni sig‘dira oladigan flesh-xotiralarni o‘qiy oladi.