Sony Awards’ga ko‘ra, yilning eng hayratlanarli 12 ta surati (FOTO)

Sony Awards’ga ko‘ra, yilning eng hayratlanarli 12 ta surati (FOTO)

2007 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan Sony World Photography Awards xalqaro tanlovi Sony korporatsiyasi homiyligida tashkil qilib kelinadi. Bugunga qadar 10 yil davomida jami 1 milliondan ziyod ijodiy ishlar tanlovda ishtirok etish uchun taqdim qilingan. G‘olibga 30 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ hamda homiy tomonidan eng so‘nggi imkoniyatlarga ega foto texnikalar beriladi.

2017 yilda ham tanlovda ishtirok etish uchun 220 mingdan ziyod fotosuratlar taqdim qilindi. Ulardan eng yaxshi 10 tasi saralab olinib, Sony World Photography Awards talqiniga ko‘ra, joriy yilning eng yaxshi fotosuratiga da’vogarlar, deb e’lon qilindi. Taqdim etilgan fotosuratlar yovvoyi tabiat, arxitektura, landshaft, natyurmort, ko‘cha fotosurati va boshqa mavzular bo‘yicha saralab olinadi. Bu to‘g‘rida korporatsiya Axborot xizmati xabar bermoqda.

Quyida havaskor hamda professional fotograflar ijodiga mansub, 12 ta g‘olib fotosuratlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Ushbu fotosuratlar orqasidan eng yaxshi, deb topilgan surat muallif 20 aprelda tantanali ravishda taqdirlanadi.

Xitoylik keksa baliqchi milliy kiyimda baliq ovlamoqda. National Awards talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi fotosurati. Fotosurat Saudiya Arabistonidan bo‘lgan ijodkor tomonidan taqdim qilingan.  

Kitning hayratlanarli tasviri. National Awards talqini bo‘yicha 3-o‘ringa da’vogar. Xitoylik ijodkor tomonidan taqdim qilingan.

 

Kolumbiya jamoasi suvdagi polo musobaqalarida. “Harakat” yo‘nalishida eng yaxshi surat.

 

Illyuminatsiya: odamlar Xorvatiyadagi konsertda.

 

Kaliforniyaning 66-katta yo‘lidagi qahvaxona, benzin quyish shahobchasi va motel. “Odatdagi AQSh yo‘li” yo‘nalishida eng yaxshi, deb topilgan.

 

Bolqon tog‘laridagi o‘rmonlardan biri. 2016 yilning kuzi.

 

Zebra hamda jirafalar. Saudiya Arabistonidan bo‘lgan ijodkor taqdim qilgan. 

Vetnamning shimoliy-g‘arbidagi qishloqlaridan birida quyoshning chiqib kelishi.

 

Estoniyadagi tumanli tun.

 

Harakatdagi suv. Yangi Janubiy Uels, Avstraliya

 

Italiyadagi shaharcha. 2016 yil, sentyabr.

 

Keniya Milliy bog‘idagi sher orom olmoqda. 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!