Sony endi PlayStation 3 ishlab chiqarmaydi

  •   DiMaX
  •  1955
  •  31.05.2017 11:39

Sony endi PlayStation 3 ishlab chiqarmaydi

Sony endi Yaponiyada PlayStation 3 o‘yin konsolini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Yaqin orada bu qurilmalarni G‘arb bozoriga chiqarish ham to‘xtatiladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru

PlayStation 3 o‘yin pristavkasi Yaponiyada 2006 yilning 11 noyabrida sotuvga chiqarilgan edi. Demak, Sony’ning mazkur o‘yin konsoli o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Biroq kompaniya iste’moldagi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgani yo‘q va o‘yinlar haliyam chiqarilmoqda.

Aytish kerakki, PlayStation 3’ning asosiy raqibi Xbox 360 hisoblanadi. Microsoft’ning avvalgi avlod konsolini ishlab chiqarish ham 2016 yilning aprelida to‘xtatilgan edi.

2015 yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Sony kompaniyasi PlayStation 3 qurilmasining turli modifikatsiyalaridan 87 million dona sotgan. Bu modifikatsiyalar – oddiy (FAT), Slim va SuperSlim bo‘lib, shulardan oxirgisi hozirgacha savdoda bor.

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan konsollar reytingida PS3 yettinchi o‘rinni egallaydi. Birinchi o‘rinda esa uning bitta oldingi avlodi – PlayStation 2 bo‘lib, bu qurilmadan 155 million dona sotilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!