Sony metall smartfon va uning “aqlli” juftini taqdim etadi

Sony metall smartfon va uning “aqlli” juftini taqdim etadi

Sony kompaniyasi dastlabki nomlanishi Xperia PP10 bo‘lgan o‘tgan yilgi Z5 flagmanining yaxshilangan talqinini taqdim etadi. Unga o‘z sinfida eng kichik hisoblangan Smart Ear – “aqlli” garniturasi hamrohliq kilishi mumkin.

Sony kompaniyasining taqdimoti Mobile World Congress 2016 marosimining birinchi kuni – 22 fevralda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq internetda kompaniya yangi mahsulotlari haqidagi ma’lumotlar tarqalib bo‘ldi.

Smartfon qobig‘i metalldan ishlangan, uning ekrani esa an’anaga sodiq qolgan holda egikroq tayyorlangan 2.5D shishasi bilan qoplangan. Internetda tarqalgan ekranni bloklash suratlari bir necha yillardan buyon ketma-ket jiddiy o‘zgarishga uchramagan interfeysning yangilanganidan dalolat beradi.

Gap-so‘zlarga ko‘ra, yangi flagman 5,2 dyuymli QHD-displey, Snapdragon 820 protsessori, 4 Gb tezkor xotira va 23 megapikselli asosiy kamera bilan ta’minlanadi.

Taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan yana bir yangi qurilma – “aqlli” Smart Ear garniturasidir. Suratlardan ko‘rinib turibdiki, u Motorola tomonidan ishlab chiqilgan Moto Hint`ga juda o‘xshash. Uning o‘z toifasida eng kichigi bo‘lishi aytilmoqda. Garniturani boshqarishda tovush va sensor maydonchasidan foydalanish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!