Sony PlayStation VR – 2016 yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri

Sony PlayStation VR – 2016 yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri

Bugungi kunda virtual reallik sanoati shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Jahonning har bitta texnologik kompaniyasi o‘zini mazkur sohada sinab ko‘rmoqda. Avvalroq shu maqsadda turli gigantlar tarafidan HTC Vive, Oculus Rift, PlayStation VR va Samsung VR kabi virtual reallik shlemlari taqdim etilgan edi.

Gamerant saytining yozishicha, mashhur Time jurnali Sony PlayStation VR shlemini 2016 yilning eng yaxshi ixtirolari reytingiga qo‘shgan. Time ushbu gadjetni reytingga undagi kuchli texnologiyalar uchun emas, balki uning xaridorgirligi tufayli qo‘shganligi ma’lum qilingan. Sony PlayStation VR shlemining bozordagi eng asosiy raqobatchisi hisoblangan HTC Vive taxminan 800 dollarga taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sony PlayStation VR shu yilning oktyabr oyida namoyish etilgan edi.