SONY smartfonlar bozoridan 2016 yilda ketishi mumkin

SONY smartfonlar bozoridan 2016 yilda ketishi mumkin

Agar biznesi foyda keltirmasa, yapon kompaniyasi kelasi yil smartfonlar bozorini tark etish niyatini bildirdi. Korporatsiyaning ijrochi direktori Kazuo Xirai XPERIA smartfonlariga yana bir yil imkon berishini aytdi. Agar bu savdo naf keltirmasa, unda SONY smartfonlar bozori bilan xayrlashishi mumkin.

Aytish kerakki, aprel oyida kompaniyaning savdodan 310 mln dollar zarar ko‘rishini bashorat qilishgandi, ammo bu ko‘rsatkich 170 mlnga o‘sdi. Kompaniyaning savdosi keskin kamayib ketdi. AQShda smartfonlar bozorining atigi 1 foizi SONY hissasiga to‘g‘ri keladi. Korporatsiyaning vatanida ham ayni ko‘rsatkich arzigulik emas – 17,5 foiz.

Xitoyning o‘rtacha narxli mobil telefonlari bilan bellashuv SONYga oson bo‘layotgani yo‘q.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.