Sony smartfonlar bozoridan ketmaydi

Sony smartfonlar bozoridan ketmaydi

Ikki hafta oldin Sony korporatsiyasi ijrochi direktori Kazuo Xirai biznesi foyda keltirmasa, kelasi yil bozorni tark etish niyatini bildirib, XPERIA smartfonlariga yana bir yil imkon berishini aytib o‘tgan edi. Chunki past narxi smartfonlar bilan raqobat Sony qaddini ancha bukib qo‘ydi.

Sony Mobile Tayvan ofisining rahbari Jonatan Li matbuot konferensiyasida kelgusi yil kompaniya uchun omadsiz kelgan taqdirda ham Sony bozordan ketmasligini bildirdi. “Qaytaga, Sony Mobile yanada zo‘r ekranli, takomillashgan kamerali va yangi texnologiyali energiya tejovchi smartfonlarni xaridorga taqdim etadi”, deb aytdi Jonatan Li. U savdoni jonlantirish uchun ko‘proq marketing resurslarini jalb qilishini bildirdi, ayni vaqtda maqsadi esa Tayvanning eng yaxshi Android-smartfonlari bozorining 30 foizini qo‘lga kiritish. Hozirda Amerika smartfonlar bozorining 1 foizi, Yaponiya bozorining esa 17,5 foizi Sonyga qarashli. O‘rta narxli segmentda Sony Xitoy telefonlari bilan kurashadi va bu unga oson bo‘lmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!