Sony uydagi barcha elektron qurilmalarni boshqaradigan universal pult ishlab chiqardi

Sony uydagi barcha elektron qurilmalarni boshqaradigan universal pult ishlab chiqardi

Sony kompaniyasi zamonaviy boshqarish pultini ishlab chiqardi. U uydagi barcha elektron qurilmalarni birvarakayiga boshqarish imkonini tug‘diradi. Hozircha yangi mahsulot faqatgina yapon elektronika do‘konlarida sotilmoqda, deya xabar qildi The Verge kompaniya rasmiy sayti ma’lumotiga tayangan holda.

Huis Remote Controller deb nomlangan xonadon boshqaruv pulti bir vaqtning o‘zida qator qurilmalarga buyruq berish imkonini beradi. Oqibatda foydalanuvchi uyidagi boshqa barcha pultlardan voz kechishi mumkin.
Mazkur universal kontroller har qanday elektron qurilma: televizor va DVD uskunalardan tortib, chiroq yoki konditsionerni ham o‘chirib-yoqishi mumkin.

Foydalanuvchi kerakli parametrlarni kompyuterdagi maxsus ilova-dastur orqali sozlab olganidan so‘ng, ma’lumotlarini zaxira nusxa sifatida internetga saqlab qo‘yishi mumkin.

Pult displeyi odatiy elektron kitoblardan qo‘llaniladigan elektron qog‘ozdan tayyorlangan. Shu sababli quvvat sarfi sezilarli darajada kamaytirildi.

Mo‘’jiza-pultning narxi 250 AQSh dollarini tashkil etadi. Mahsulotning jahon bozorlariga qachon chiqishi hozircha noma’lum.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!