Sotuvga chiqqan LG G6 “ajdodi”ni ortda qoldirdi

Sotuvga chiqqan LG G6 “ajdodi”ni ortda qoldirdi

Yaqindagina o‘tgan MWC 2017 anjumanida taqdim qilingan LG G6 smartfoni Janubiy Koreyada sotuvga chiqarildi. Sotuvning ilk kuni, ya’ni 10 mart kuni yangi smartfon 20 ming dona sotilgan. LG kompaniyasining avvalgi — LG G5 mobil telefoni sotuvga chiqqan birinchi kunda 15 ming dona sotilgan edi. LG G6’ni sotib olish istagidagi 40 mingdan ziyod xaridor oldindan buyurtma bergan.

LG G6 — janubiy koreyalik texnologiya kompaniyasining yangi flagmani bo‘lib, kompaniya uni yilning eng kutilgan Android-smartfoni hisoblanayotgan Samsung Galaxy S8’dan avval savdoga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Garchi, LG G6 gadjeti 2016 yilga taalluqli 4 yadroli Qualcomm MSM8996 Snapdragon 821 protsessorida ishlasa ham, chastota tezligi 2,35 gigagersli 2 ta hamda 1,6 gigagersli yana qo‘shimcha yadrolar samarali faoliyat ko‘rsatadi.

Smartfonda Adreno 530 videokartasi mavjud. Smartfonning operativ xotira sig‘imi 4 gigabayt, doimiy ichki xotira — 32/64 gigabayt. LG G6’da microSD qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydigan tizim ham mavjud. 1 SIM-kartali talqinda maxsus bo‘lmacha bor, 2 ta SIM-kartali talqinda esa bo‘lmachalardan biri xotira kartasiga mo‘ljallangan. Smartfon IP68 sertifikatiga ega bo‘lib, korpus suv hamda changni ichkariga o‘tkazmaydi.

LG G6’ning 5,7 dyuymli IPS LCD matritsali displeyida piksellar sig‘imi 1440 x 2880 (QHD+) belgini tashkil qiladi. Har dyuymdagi ~564 piksel tasvirning o‘ta sifatli namoyishiga xizmat qiladi. Displey tomonlari nisbati — 18:9ga teng. Old panelning 78,6%ini band qilgan ekran Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan.

LG G6 orqa panelida barmoq izlari skaneri mavjud. Devaysda akselerometr, giroskop, oraliq-masofa datchigi, kompas va barometr kabi sensorlar o‘rnatilgan.

Kompaniya 2017 yilgi flagman savdosida 10 mln gadjet sotib, G3 smartfoni o‘rnatgan rekordni yangilamoqchi. Janubiy Koreyada LG G6 gadjeti $775 dollardan sotilmoqda. 9 martga qadar buyurtma berganlarga $ 390 dollargacha chegirma hamda qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Smartfon 22 martdan xalqaro bozorga chiqariladi. Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda taqdim etilgan LG G5 flagmani “Malika” savdo majmuasida 3,190,000 so‘mdan sotilmoqda.

LG G6 haqida batafsil o‘qing:

Kameralar jangi: LG G6 devaysi iPhone 7 Plus’ga qarshi

LG G6 flagmani rasman taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!