Sovrini 18 million so‘m bo‘lgan dasturchilar musobaqasi yakunlandi!

Sovrini 18 million so‘m bo‘lgan dasturchilar musobaqasi yakunlandi!

Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “TUIT OPEN 2018” dasturlash bo‘yicha musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu xaqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

24-noyabr sanasida butun respublikadan kelgan ishtirokchilarni kutib olish va musobaqaning ochilish o‘tkazilgan. Bundan tashqari, musobaqa iitirokchilari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, bir-birlari bilan yaqindan tanishib olishlari uchun “Gaming round” tashkil etilgan.

25-noyabr kuni musobaqaning ikkinchi kunida dasturlash bo‘yicha asosiy turi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 34 ta jamoa ishtirok etib, shundan 9 ta jamoa akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan tashrif buyurishgan. Ular C++, Java, Pyhton, Pascal dasturlash tillari asosida shakllantirilgan bo‘lib, savollar NEERC ICPC bosh hakami Oleg Xristenka tomonidan tuzilgan. Musobaqa onlayn tarzda utkazildi.

Musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘olib bo‘lgan o‘quvchi, talabalarga pul mukofotlari berilgan. Xususan, oliy ta’lim talabalari uchun birinchi o‘ringa 9 mln, ikkinchi o‘ringa 6 mln, uchinchi o‘ringa 3 mln so‘mdan jami 18 mln  so‘m mukofot pul mablag‘lari ajratilgan.

Shu kunning o‘zida musobaqa natijalari e’lon qilindi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakuni natijalariga ko‘ra,  birinchi o‘rinni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali “MSU Tashkent 0” jamoasi, ikkinchi o‘rinni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TUIT: ALVA” jamoasi, uchinchi o‘rinni esa TATU Urganch filialining “TUIT Urgench Branch masters” egalladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, musobaqa yurtimizda AKT sohasini yanada rivojlantirish, o‘quvchi va talaba-yoshlarni dasturlash tillari, IT sohasida innovatsion g‘oyalarni yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!