Sovutgichni qanday ko‘chirish kerak?

Sovutgichni qanday ko‘chirish kerak?

Sovutgich, shubhasiz, eng muhim maishiy texnika vositalaridan biri hisoblanadi. Avvalroq saytimizda sovutgich xarid qilganda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida ma’lumot bergan edik. Ushbu maqolada esa sovutgichni bir joydan boshqa joyga to‘g‘ri ko‘chirish haqida gaplashamiz.

Agar sovutgichni sotib olib, uni ko‘chirish payida bo‘lsangiz, yodingizda tuting: sovutgichni doimo vertikal holatda ko‘chirish kerak! To‘g‘ri, ba’zida buning imkoni bo‘lmasligi mumkin, biroq shunday qilinsa, albatta, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Nega sovutgichni gorizontal holatda ko‘chirish mumkin emas?

Odatda, sovutgichni to‘g‘ri ko‘chirish qoidalari mahsulotning foydalanish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Mabodo xarid qilingan sovutgich buzilsa yoki uning ishida nosozlik kuzatilsa, va ushbu nosozlik noto‘g‘ri ko‘chirish natijasida paydo bo‘lgani aniqlansa, ishlab chiqaruvchi qurilmaga nisbatan kafolat xizmatini ko‘rsatmasligi mumkin. Sovutgichni gorizontal holatda ko‘chirish oqibatida kompressordagi moy oqib ketishi, turli komponentlarning ifloslanishi, ulagichlarning tushib ketishi yoki bug‘latgichdagi naychalarning buzilishi ehtimoldan uzoq emas.

Vertikal holatda sovutgichni ko‘chirishning imkoni bo‘lmaganda nima qilish kerak?

Bunday vaziyatda sovutgichni 40 gradus burchak ostida (yarim yotqizgan holatda) ko‘chirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biroq bunday holatda ko‘chirish vaqtida sovutgich qattiq harakatlanmasligi talab etiladi. Kompressordagi moy o‘z o‘rniga tushishi uchun yangi joyda sovutgich taxminan 6 soat davomida turishi kerak.

Sovutgichni nimada ko‘chirgan ma’qul?

Imkoni boricha sovutgichni maxsus aravacha yordamida ko‘chirgan ma’qul. Agar arava bo‘lmasa, uni vertikal (yoki yarim vertikal) holatda ikki kishi yon tomondan ushlagan holda ko‘chirishi kerak. Uni gorizontal holatda ko‘chirish mumkin emas.

Ferra nashri materiallari asosida tayyorlandi.