Speedtest: O‘zbekiston internet tezligi reytingda yuqoriladi

  •   DiMaX
  •  1587
  •  18.03.2019 15:21

Speedtest: O‘zbekiston internet tezligi reytingda yuqoriladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net internet-xizmati Speedtest Global Index’ning oylik reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini biroz yaxshilagan, deb yozadi «Daryo» nashri.

O‘QING: Speedtest statistikasi: qayerda mobil internet eng tezkor?

Reytingda 2019 yilning fevral oyiga qadar dunyodagi mobil va simli Internet tezligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, O‘zbekiston ushbu ro‘yxatdagi o‘rnini biroz yaxshilagan. Mobil internet tezligi bo‘yicha u ikki pog‘onaga ko‘tarilgan va 8,75 Mbit/s tezlik bilan 136 dan 126-o‘rinni egallagan. Simli internet tezligi 11,68 Mbit/s tezlik bilan 177 dan 130-o‘rinda qolgan.

Aytish kerakki, mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni Norvegiya (67,34 Mbit /s), simli internet tezligi bo‘yicha Singapur (195,36 Mbit/s) egallagan.

Speedtest reytingi tezlikni o‘zi hisoblab chiqadi va foydalanuvchilarning ma’lumotlariga asoslangan holda yaratadi. Mazkur xizmat oyiga kamida 670 ta yagona mobil internet tezligi sinovlari va 3333 ta simli internet tezligi sinovlari qabul qilingan mamlakatlarni ro‘yxatga qo‘shgan. Xizmat sub’yektivligiga qaramasdan, Internet tezligini aniqlash bo‘yicha asosiy xizmatlaridan biri hisoblanadi.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!