Sportchimisiz? Unda, Samsung sizga sovg‘a beradi!

Sportchimisiz? Unda, Samsung sizga sovg‘a beradi!

Samsung 2020 yilgi Olimpiada O‘yinlarining rasmiy hamkorlaridan biridir.

Shuning uchun ham, koreyalik kompaniya BARChA qatnashchi sportchilarga sovg‘a qilish uchun hozirgi flagmanlarining maxsus variantlarini yaratmoqda.

Yoz faslida Tokio shahrida bo‘lib o‘tishi rejalangan O‘yinlar uchun texnogigant allaqachon Galaxy S20+ 5G smartfonnining Olympic Edition'ini Matte Gold rangida chiqardi. Bunda kompaniya Yaponiyaning NTT Docomo mahalliy operatori bilan hamkorlik qilgan.Sportchilar uchun maxsus flagmanlar 12GB RAM va 128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Quvonarlisi, agar siz ham ushbu flagmanni xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, 1 050 AQSh dollaridan sal ko‘proqqa unga ega bo‘lishingiz mumkin. Qiyoslash uchun, S20+ ning Cosmic Grey rangli oddiy talqini Yaponiyada 1 039 dollarga sotiladi.Samsung'ning maxsus taklifiga qiziqqan bo‘lsangiz, Docomo'ning saytida oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Yetkazib berish esa iyundan boshlanadi.

O‘QING: «Jonli» test videosi: 16 GB «operativka»li Galaxy S20 Ultra kuchlimi, yoki atigi 4 GBlik iPhone 11 Pro Max?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.