Spotify obunachilari soni 299 millionga yetdi

Spotify obunachilari soni 299 millionga yetdi

Spotify 2020-yilning ikkinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini taqdim qildi va unga ko‘ra, shved striming xizmatining oylik faol foydalanuvchilari soni 299 millionga yetdi.

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29% lik, joriy yilning birinchi choragiga nisbatan esa 5% lik o‘sish demakdir.

Premium obunachilardan keladigan daromad ham oshdi. Shimoliy Amerikada o‘sish ko‘rsatkichlari kutilganidan yaxshiroq bo‘ldi, ham obunachilar soni, ham daromad miqdori 2019-yildan buyon barqaror ravishda o‘sib kelmoqda.

Foydalanuvchilar soni (million) 2019-yil ikkinchi choragi 2020-yil birinchi choragi 2020-yil ikkinchi choragi
Oylik faol foydalanuvchilar umumiy soni 232 286 299
Premium obunachilar 108 130 138
Bepul foydalanuvchilar 129 163 170

Hindistonda ham kutilganidan yaxshiroq natijalar qayd etildi. Bunga sabab marketing kampaniyalari qilib ko‘rsatilmoqda. Lotin Amerikasi va dunyoning boshqa mamlakatlarida yillik o‘sish ko‘rsatkichlari mos ravishda 33% va 58% bo‘ldi.

O‘QING: Spotify Rossiya, Qozog‘iston va yana bir qator davlatlarga kirib keldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.