Square Panda Phonics qurilmasi bolalarni o‘qishga o‘rgatadi

Square Panda Phonics qurilmasi bolalarni o‘qishga o‘rgatadi

Apple planshetlari farzandingizning so‘z va tovushlarga oid boshlang‘ich savodini chiqarishga mo‘ljallangan Square Panda Phonics Play-set ko‘ngilochar-ta’lim qurilmasi yordamida chinakam bilim manbaiga aylanishi mumkin.

Square Panda kompaniyasi tomonidan yaratilgan, iPad qurilmalari platformasiga mo‘ljallangan qurilma bolalarning savodini chiqarishga yordam beradigan ta’limiy tizimdir. Bolalar uning yordamida harflar, tovush va so‘zlarga oid bilimlarini oshirishlari mumkin.

3 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan dasturlar bolalarga o‘yinlar, ko‘ngilochar va intellektual mashqlar orqali lug‘at boyliklarini oshirishadi. Misol uchun, bolalar harf shakllarini yoki o‘yinchoqni planshet displeyiga qo‘yib, ularning o‘qilishini o‘rganishlari mumkin.

Ayni kunda tizimdan 3 mingdan ziyod so‘zlarga oid ma’lumotlar, video hamda audio fayllar o‘rin olgan. Dastur o‘rganuvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini o‘rganib boradi va o‘quvchining “ojiz nuqta”larini bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Dastur o‘quvchini rag‘batlantirish orqali uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Misol uchun, bola “dog” so‘zini to‘ri talaffuz qilsa, tizim avtomatik tarzda unga itning tasvirin ko‘rsatadi yoki tizimdagi elektron ustoz raqsga tushib beradi. Ota-onalar tizimni xoslashtirishlari, turli so‘zlar uchun suratlarni o‘z turmush tarzlaridan olib, tizimga kiritishlari mumkin.

“Agar bola maktabga o‘zining til bilan bog‘liq bilimlarini mustahkamlab borsa, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi maktabning ilk kunidayoq paydo bo‘ladi va o‘quvchining keyingi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi,” deydi loyiha mualliflaridan biri Andre Agassi.

Square Panda Phonics Play qurilmasi 99 AQSh dollariga baholangan. Shuningdek, kompaniya tomonidan qo‘shimcha pullik xizmatlar ham taklif qilinmoqda.

Hozircha bu kabi dasturlar faqatgina iPad qurilmalari uchun mavjud. Keyinchalik uni boshqa elektron platformalarga moslashtirish ham rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!