Statistika: Android 6.0 yanada ommalashdi, Android 2.2 reytingdan chiqarildi

Statistika: Android 6.0 yanada ommalashdi, Android 2.2 reytingdan chiqarildi

Google kompaniyasining har oy chiqariladigan Android versiyalari fragmentatsiyasiga oid reytingning 2017 yil yanvar oyidagi nashrida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.

3D News nashrining ma’lum qilishicha, avvalroq ro‘yxatning eng so‘nggi pog‘onasida kelgan  va ayni vaqtda 0,1 foiz ulushga ega Android 2.2 Froyo versiyasi mazkur reytingni rasman tark qilgan.

Eng so‘nggi Android 7.0 (0.5%) va 7.1 (0,2) versiyalari esa tez orada 1% ko‘rsatkichni qayd etishi mumkin.

Hozircha Android 6.0 Marshmallow eng ommabop versiya bo‘lib qolmoqda (29,6%), undan keyingi o‘rinni esa Android Lollipop kelmoqda (23,3%). Shu bilan birga, 1,2% ulushga ega bo‘lgan Android Gingerbread versiyasi tez orada ro‘yxatni tark etishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!