Stigo L1e – yig‘iladigan elektrli skuter

Stigo L1e – yig‘iladigan elektrli skuter

Yaqinda Yevropada yig‘iladigan konstruksiyasidagi elektrda harakatlanadigan Stigo L1e skuteri sotuvga chiqarildi.

Qurilmaga 250 Vatt birlikdagi elektr motor va litiy-ionli batareyalar o‘rnatilgan. Skuterning maksimum tezligi – 25 km/soat. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, skuter bir marta to‘liq zaryadlangach, 30 km atrofida masofa bosadi. Qurilmani oddiy elektr rozetkasidan quvvatlash mumkin.

stigol1e02

Yig‘iladigan konstruksiyasi skuterning asosiy xususiyati hisoblanadi. Transport vositasini bir necha soniya ichida yig‘ish va qayta ochish mumkin. Og‘irligi – 13,9 kg, yig‘ilgan holatda u 48 x 40 sm joy egallaydi, xolos. Shuning uchun skuterni mashina yukxonasiga joylash, jamoat transportlarida muammosiz ko‘chirish mumkin. Bundan tashqari, yig‘ilgan skuterni maxsus g‘ildirakchalar yordamida tortish mumkin. Bu albatta, foydalanuvchiga qo‘shimcha qulaylik beradi.

stigol1e05

Skuterga tezlik va qolgan batareya zaryadini ko‘rsatadigan displey ham o‘rnatilgan.

Stigo L1e modelini 1700 yevro evaziga xarid qilish mumkin.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!