Stiv Voznyak iPhone X'dagi bosh muammoni aytdi

Stiv Voznyak iPhone X'dagi bosh muammoni aytdi

O‘tgan yilning oktyabrida Apple asoschilaridan hisoblangan Stiv Voznyak birinchilardan bo‘lib iPhone X flagmanini ko‘z-ko‘z qilib, maqtagan edi. Biroq, nima sababdandir an’anani buzib, Stiv qo‘lidagi gadjetni birinchilardan bo‘lib yangi flagmanga almashtirmadi.

Aftidan, Stiv Voznyak yangi va ilg‘or ayfondan foydalanib ko‘rgan shekilli, nihoyat u bu flagmandagi bosh muammo bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumki, iPhone X korpusi yonidagi o‘chirib-yoqish tugmasiga bir nechta vazifa yuklatilgan. Misol uchun, uni bir marta, ketma-ket ikki marta yoki uch marta bosib bu tugmachaga turli vazifalarni bajarish uchun buyruq berish mumkin.

Stiv Voznyakning fikricha, bu funksiya kupertinolik ishlab chiqaruvchining "sodda va ichki hissiyot bilan tushunib foydalanish mumkin bo‘lgan qurilma yaratish konsepsiyasi"ga zid.

Shu bilan birga, Apple asoschisi ovozni boshqarish tugmasining ko‘p funksiyani bajarishiga ham e’tibor qaratdi va bu texnologik yechimni tanqid ostiga oldi.

Ekspertning fikricha, inson bu amallarni tezkor va qulay bajarishi uchun ancha vaqtini sarflashi kerak. Vaholanki, ayfonlar doimo soddaligi va tushunarli ekani bilan raqiblaridan ajralib kelgan.

To‘g‘ri, bir tugmaga bir nechta vazifaning yuklanishi to‘g‘ridir, biroq bu funksiyani amalga oshirish usuli juda qo‘pol.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!