Stiven Xoking kelajak energiyasi to‘g‘risida so‘z ochdi

Stiven Xoking kelajak energiyasi to‘g‘risida so‘z ochdi

Britaniyalik nazariyotchi fizik Stiven Xoking mikroskopik qora tuynuklarda cheklanmagan miqdorda ko‘p energiya mavjudligi to‘g‘risida fikr bildirdi. Undan insoniyat kelajakda foydalanishi mumkin, ammo o‘ziga yarasha xatari ham mavjud.

“Quyosh massasiga teng massali qora tuynuk past tezlikdagi Xoking nurlanish zarralarini chiqarib turadi, uni payqash qiyin. Agar uning o‘lchamini tepalik darajasida kichraytirilsa, qora tuynuk rentgen va gamma-nurlari chiqara boshlaydi. Bu nurlar quvvati o‘n millionlab megavattga teng va Yer yuzidagi elektrli qurilmalarni ta’minlashga yetadi”, deydi mashhur fizik BBC bilan suhbatda.

Olimning mulohazasiga ko‘ra, kichik qora tuynuklar sayyoraga xavf soladi, chunki ular Yer markaziga siljishi mumkin, bu esa olamshumul halokatni keltirib chiqaradi. Bu ulkan ob’yektlarni Yerdan uzoqroq masofada (masalan, orbitada) tutib turish afzalroqdir. Xoking tor nazariyasi rivojlanishi bilan bir qatorda kelajakda bunday tuynuklar yaralishi ehtimolini soqit qilmadi.

Nazariyotchi fiziklar Stiven Xoking, Malkolm Perri va Endryu Strominjer yanvar oyida qora tuynukda axborot yo‘qolishi paradoksi yechimini taqdim etishgan. Bu bir necha yillardan beri fizikada yechimini topolmay yotgan masalalardan edi. Chunki bu dunyoning determinatsiyalangani bilan bog‘liq bo‘lib, kelajak va o‘tmish o‘zaro ta’sirlashuvini izohlaydi. Xoking suhbatda bu mavzuga ham to‘xtalib o‘tdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.