Stolik’da ovqatlanish masalasida vaqt&mablag‘ tejashning 10 yo‘li

Stolik’da ovqatlanish masalasida vaqt&mablag‘ tejashning 10 yo‘li

 

Shahrimizda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir kafe-restoran o‘ziga xos formatdagi xizmat ko‘rsatish usullari, ko‘ngilochar dastur hamda original dizayni bilan mijozlarni o‘ziga jalb qilishga intiladi. Bugun restoratorlar faoliyatni ommalashtirishda ijtimoiy tarmoq, reklama va taniqli insonlar ishtirokidagi promo-aksiyalardan foydalanmoqdalar.

Raqobat tufayli taklif hamda tanlovning ko‘payib borayotgani iste’molchiga navbatdagi kechlikni qayerda qilish borasidagi qarorni qabul qilishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Mehmondorchilik yoki maxsus kecha munosabati bilan uyaltirib qo‘ymaydigan, cho‘ntagimiz hamda vaqtimizga muvofiq keladigan tamaddixona, restoranni izlashga ketadigan vaqt va quvvat foydaga qoladigan bo‘ldi.

Endi bu masalada virtual yordamchingiz – Stolik ilovasi sizga yordamga keladi!

Joriy yilning mart oyida e’lon qilingan ushbu bepul ilova foydalanuvchiga Toshkent shahridagi 100 dan ziyod kafe, restoran hamda barlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. Bugungacha Stolik ilovasi AppStore (iPhone telefonlariga yuklab olish uchun) va GooglePlay (Android tizimi boshqaruvidagi telefonlarga yuklab olish uchun) internet do‘konlaridan ming martadan ziyod yuklab olingan.

Quyida e’tiboringizga Stolik ilovasi orqali amalga oshirish mumkin bo‘lgan, vaqt hamda pulingizni tejashga xizmat qiladigan 10 ta foydali funksiya haqida ma’lumot beramiz.

2

  1. Mehmonni qaysi tamaddixonaga olib borishni bilmayapsizmi? Stolik ilovasidan foydalaning.

Ilova sizga sizning xohish-istaklaringizdan kelib chiqib, restoran va kafelarni taklif qiladi. Siz xaritaga qarab o‘zingiz uchun yaqin va qulay bo‘lgan ovqatlanish manzilini tanlashingiz mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, oshxona-restoranlarni kishi boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha sarf-xarajatdan kelib chiqib ham saralasangiz bo‘ladi.

Ilova sizga ovqatlanish shahobchasining ishlash vaqti, manzili, bog‘lanish ma’lumotlarini taqdim qiladi.

  1. Qiziqishlaringizga munosib joyni izlang.

Ilovada ovqatlanish shahobchalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imkoni mavjud:

– oshxona: milliy, italyancha, yaponcha va boshqalar;

– xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha uslublari: wi-fi, bolalar maydonchasi, karaoke va boshqalar;

– ovqatlanish shahobchasining shakli: bar, qahvaxona, pab (spirtli ichimliklar) va boshqalar;

– Yaqin atrofdagi mo‘ljal: metro, vokzal, super market, aeroport va boshqalar.

  1. Toifaga ko‘ra saralash.

Ovqatlanish muassasalari ommabop toifalarga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan. Misol uchun, pitsseriya, qahvaxona, sport musobaqalari translyasiyasi va boshqalar.

Shuningdek, foydalanuvchi o‘zi tez-tez tashrif buyuradigan maskanni ilovada belgilasa, ilova uni avtomatik ravishda “Sevimli” tamaddixonalar qatoriga qo‘shishi mumkin.

  1. Xizmat ko‘rsatuvchilarning foydali takliflaridan foydalaning.

Stolik orqali kafe hamda restoranlarga buyurtma berish orqali foydalanuvchi avtomatik tarzda chegirmaga ega bo‘lishadi. Endi chegirma kartalarini ko‘tarib yurishga hojat qolmadi. Buning uchun Stolik orqali stol bron qilganingizni ilovadan ko‘rsatsangiz bo‘lgani.

Shu bilan birga, restoran va kafelar ilova foydalanuvchilariga “baxtli daqiqa”larda turli sovg‘alar ham tarqatishadi. Ilovada promo-aksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam yangilab boriladi.

8

  1. Restoran va kafelardagi yangiliklarni o‘tkazib yubormaysiz.

Ilova shaharning ommabop tamaddixonalarida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv, shou dastur hamda musiqiy kechalar to‘g‘risidagi yangiliklarni chop qilib boradi.

  1. Ovqatlanish muassasasining menyusi bilan oldindan tanishish mumkin.

Qayerda baliqli taomlar bo‘ladi, qayerda vegeterian oshxonasi borligini bilish endi yanada oson. Siz ilovada tamaddixonalarning menyusi bilan birga, taom hamda ichimliklarning narx-navosi bilan ham tanishish, kechki ovqatni hamyon imkoniyatiga qarab belgilash imkoniyatiga egasiz.

  1. Ovqatlanish muassasasining interer dizayni endi kaftingizda.

Deylik, xorijlik mehmonni milliy an’analarga xos bezatilgan, bunyod etilgan restoranga olib borish istagidasiz. Endi avvaldan borib joy bilan tanishish shart emas. Stolik’dan biror qahvaxona yoki ovqatlanish maskanini topib, fotoalbomidan uning ko‘rinish bilan tanishish mumkin.

  1. Albatta! Hozir ovqatlanishga borishdan avval mijozlarning u joy to‘g‘risidagi fikr-mulohazasini o‘rganish an’anaga aylangan.

Ilova ham sizga bu imkoniyatni beradi. Siz mijozlarning munosabati bilan birga, xizmat ko‘rsatishga bergan bahosi bilan tanishasiz. Mijoz sifatida har ir kishi ovqatning mazaliligi, restoranning intereri, xizmat ko‘rsatish sifatiga 5 balli shkalada baho berib, o‘zining izoh va takliflarini qoldiradi.

  1. Xaritadan ovqatlanish maskanini toping va manzilni boshqa hamrohlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Ko‘pchiligimiz mehmonlarga restoran yoki tamaddixona manzilini tushuntirish, mo‘ljal ko‘rsatishda qiynalamiz, tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Aniqsa, u yangi yoki ilk marotaba tashrif buyurilayotgan joy bo‘lsa.

 Stolik bu muammoga osonlik bilan yechim topadi  — siz manzilni xaritada aniqlab, ommabop messenjer, SMS va elektron boshqa orqali geografik joylashuvni mehmonlarga ulashishingiz mumkin bo‘ladi.

Va nihoyat, eng muhim o‘ziga xoslik:

  1. Stolga onlayn usulda oson va tez buyurtma bering.

Stolik imkoniyatlari orasida stolga oldindan buyurtma berish foydalanuvchi uchun katta qulaylik yaratadi. Endi telefon raqam va aloqa ma’lumotlarini qidirish, navbat kutib turish muammosi o‘z yechimini topdi. Shunchaki, ilovadagi 3 ta tugmani chertish va bir necha soniya kutish orqali bu masaladan oson xalos bo‘lamiz.

Ilg‘or yechim va mobil bronlash tizimining imkoniyatlari bilan Stolik ilovasi ijodkorlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Eurasia Mobile Challenge anjumanida 3-o‘rinni egallagan bo‘lishsa, ilova Barselonada o‘tgan World Mobile Congress anjumani doirasidagi startaplar tanlovining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

  1. Stolik ilovasini ikki tilda  —  rus hamda ingliz tillarida yuklab olish mumkin. Uning ingliz tilidagi talqini sayyoh va xorijiy muassasalar xodimlari uchun ayni muddao.
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!