Sud qaror chiqardi, Telegram'ning Rossiyadagi taqdiri ayon bo‘ldi!

Sud qaror chiqardi, Telegram'ning Rossiyadagi taqdiri ayon bo‘ldi!

Moskvaning Taganskiy sudi Roskomnadzorning Telegram yuzasidan bergan da’vosini qanoatlantirdi hamda Rossiya hududida Telegram messenjerining bloklanishi yuzasidan qaror chiqardi. Mazkur ish sudda 20 daqiqada ko‘rib chiqildi.

Hakam Yuliya Smolina zudlik bilan messenjerni mamlakatda bloklashga ruxsat bergan bo‘lsa ham, sud qarori hozircha qonuniy kuchga ega bo‘lmagani sababli hozircha bu voqea sodir bo‘lmaydi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra sudda birinchi marotaba ko‘rilgan ish yuzasidan norozilik bo‘yicha apellyasiya arizasini berish mumkin. Bunday holatda ish sudda ikkinchi marotaba ko‘rilmaguniga qadar sud qarori qonuniy kuchga kirmaydi.

O‘qing: Bu yilgi iPhone'larning narxi ma’lum qilindi

Telegram rahbariyatida Taganskiy sudi chiqargan qarorga nisbatan shikoyat arizasini berish uchun bir oy vaqt bor.

Messenjer axborot tarqatishni tashkil qiluvchi tashkilot maqomiga ega bo‘lgani tufayli Rossiya federal xavfsizlik xizmati Telegram rahbariyatidan messenjer foydalanuvchilarining yozishmalarini shifrdan chiqarish hamda ularni o‘qish uchun zarur kalitlarni talab qilgan. Biroq Telegram rahbari Pavel Durov bu talabni rad qilgan.

Shu yilning 20 mart kuni Moskva Oliy sudi Telegram messenjeriga Federal xavfsizlik xizmatiga shifrlash kalitlarini berish to‘g‘risida qarorni chiqardi. 12 aprelda esa Roskomnadzor tashkiloti Taganskiy sudiga messenjerni faoliyatini zudlik bilan mamlakat hududida to‘xtatish kerakligi to‘g‘risidagi da’vo bilan murojaat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 martida Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni jahonda 200 millionga yetgan edi. Messenjer foydalanuvchilar soniga ko‘ra jahonda oltinchi o‘rnida turadi. Undan foydalanish bo‘yicha Malayziya, Eron va O‘zbekiston peshqadam hisoblanadi. Rossiyada bu xizmatdan 6 mln nafar odam foydalanadi.

O‘qing: Galaxy Note 9 iPhone 7'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

Telegram — matn va faylli ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi, smartfon va mobil qurilmalar uchun bepul messenjer. Dastur xorijiy bozorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ishlangan. Mazkur xizmat 2013 yilda ishga tushirilgan.

Aytish joizki, messenjerning Rossiyadagi faoliyati cheklansa. bu taqiq messenjerning O‘zbekiston hududidagi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Faqat messenjerdagi yaxshi rus kanallari va botlarini kuzatib borish imkoni yo‘qolishi mumkin, xolos!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.