Sun’iy va tabiiy aqllar bahsi

  •   DiMaX
  •  1593
  •  10.02.2017 11:48

Sun’iy va tabiiy aqllar bahsi

Odamzod hamisha aqlli qurilmalar yaratishga urinib keladi, sun’iy ong – bu boradagi asosiy maqsadlardan biri. Ongning, aqlning kuchliligini o‘lchash uchun eng yaxshi vositalardan biri esa shaxmatdir.

1996 yilning 10 fevralida sun’iy ong va tabiiy ong o‘rtasida ilk shaxmat bahsi boshlangan. Unda IBM Deep Blue superkompyuteri hamda grossmeyster, xalqaro toifadagi master, sobiq SSSR sport ustasi Garri Kasparov o‘zaro dona surishgan. Match Kasparovning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan.


1997 yili esa Kasparov ushbu Deep Blue’ning takomillashtirilgan versiyasi bilan o‘ynab, 2,5:3,5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Bu – tarixda ilk bora kompyuter jahon chempionini yutishi edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.