Superodam qanday bo‘lishi kerak?

  •   Saroy
  •  625
  •  24.10.2018 15:39

Superodam qanday  bo‘lishi kerak?

Fiziolog va sobiq sportchi Greg Uit kim “mutlaqo super odam” bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z qarashlarini bayon qildi.

Muvaffaqiyatli sportchilarni aksariyat hollarda “juda zo‘r odam, superodam” deyishadi. Greg Uit ular tanasidagi sifatlarni bir joyga yig‘ib, o‘zining superodamini yasashga harakat qilib ko‘rdi. Xo‘sh, Uitning “ideal shaxsi”, qanday sifatlarga ega bo‘lishi lozim?

“Super odam” oyog‘i uchun Uit sprinter Useyn Boltning oyog‘ini tanladi. O‘rtahol odamga qaraganda tezkor muskul tolalari ko‘pligi sababli Bolt oyoqlari start olgandan keyin inson zotining 99,9 foizidan tezroq yugurishga qodir. Supermenning qadamlari uchun Olimpiya chempioni va o‘n marta jahon chempioni Simona Baylzniki ma’qul ko‘rildi.

Maykla Felpsning qo‘llari. Uning qulochi bo‘yiga qaraganda 10 sm uzun.

Superodamning o‘pkasi uchun qayiqda suzuvchi Stiv Redgreyvning o‘pkasidek bo‘lishi kerak. Hajmi 7 letrli bo‘lgan mazkur upka boshqalarnikidan 30 foizga ko‘p kislorod oladi. Yelkasi pauerlifting bo‘yicha jahon rekordchisi Bekki Svonsonniki bo‘la qolsin, deydi Uit. Yuragi esa, shubhasiz  to‘rt marta Tur de Frans g‘olibi Kris Frumniki bo‘ladi. Oddiy odamlarga qaraganda 50 foiz ko‘p kislorodni bog‘laydigan qon esa finlandiyalik chang‘ichi  Eero Mantyurantniki bo‘ldi.

“Superodam uchun dunyodagi eng ko‘zi o‘tkir ayol  Veroniki Seydernikning ko‘zi ma’qul ko‘rildi. Chunki uning ko‘zi 1,6 kilometr uzoqlikda ham buyumlarning tashqi qiyofasini aniq ko‘ra oladi. Eng zo‘r burun esa britaniyalik Joy Milnniki bo‘lib chiqdi. U burni tufayli hidlash orqali eridagi Parkinson kasalligini aniqlay olgan. Eng zo‘r inson miyasi esa Uitning fikricha, odam-kalkulyator Skot Flansbergga tegishli ekan.

Superodam qanday ko‘rinishi kerakligi fototo‘plamda ham berilgan. Xo‘sh sizning o‘zingiz  qanday ko‘rinishni ma’qul ko‘rasiz, yoki o‘z tanangizdan o‘zingizning ko‘nglingiz to‘ladimi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!