So‘rovnoma: Avtobuslarda bepul Wi-Fi bo‘lishi kerakmi?

So‘rovnoma: Avtobuslarda bepul Wi-Fi bo‘lishi kerakmi?

«Toshshahartransxizmat» Aksionerlik kompaniyasi poytaxt avtobuslarida Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha bepul internetga ehtiyoj borligi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazmoqda, deb Gazeta.uz yozmoqda.

«Toshshahartransxizmat» AKT bo‘limining «Gazeta.uz”ga xabar qilishicha, so‘rovnoma Toshkent avtobus yo‘nalishlarini simsiz internet tarqatish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihani ishlab chiqish arafasida o‘tkazilmoqda.

«Gazeta.uz» tomonidan to‘plangan izohlar hamda so‘rovnoma statistikasi «Toshshahartransxizmat”ning AKTni joriy etish bo‘limiga taqdim etiladi. Mazkur so‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!