Ta’lim maqsadlari uchun qaysi noutbukni tanlagan ma’qul?

Ta’lim maqsadlari uchun qaysi noutbukni tanlagan ma’qul?

Savol: Hurmatli terabayt.uz jamoasi. Sizlarga qiziqarli va o‘qishga oson bo‘lgan sayt yaratganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Imkoni bo‘lsa, 2-2,5 mln so‘m atrofida xarid qilish mumkin bo‘lgan noutbuklar haqida ma’lumot bersangiz. Noutbukdan, asosan, ta’lim maqsadida foydalanmoqchiman. Unga turli lug‘at, taqdimot fayllari va ta’limga yo‘naltirilgan dasturlarni o‘rnatmoqchiman.

Javob: Hurmatli o‘quvchi, sizning savolingizga javob tariqasida O‘zbekistonda 2-2,5 mln so‘m atrofida xarid qilinishi mumkin bo‘lgan ba’zi noutbuklar haqida material tayyorladik. Materialda noutbuklarning texnik parametrlari keltirilgan. Mazkur noutbuklardan ta’lim va o‘rganish maqsadlarida foydalanish mumkin.

Acer TravelMate TMP253-E-20204G50

Noutbukka ishlash chastotasi 2,4 GGs bo‘lgan ikki yadroli Pentium protsessori o‘rnatilgan. Operativ xotirasining sig‘imi – 4 GB, 500 GBli HDD o‘rnatilgan. Ekranining diagonali 15,6 dyuym, aniqlik formati – 1366×768 piksel.  SD-karta o‘rnatish mumkin. Tugmalari yaxshi joylashgan, kundalik ishlarga juda mos. Katta va og‘ir bo‘lmagan o‘yinlarni ko‘taradi.

Acer Aspire E-571-334U SLIM

Noutbuk ikki yadroli chastotasi 1,7 GGsli Intel Core™ i3-4005U protsessorida ishlaydi. Ekran diagonali 15,6 dyuym (aniqlik formati – 1366×768 piksel). Operativ xotirasining sig‘imi – 4 GB. 500 GBli HDD o‘rnatilgan. Avtonom ishlan vaqti 4,5-5 soatni tashkil qiladi. NVIDIA GeForce turkumidagi videokarta bilan ta’minlangan. Og‘irligi 2,5 kg atrofida. Dizayni chiroyli, klaviaturasi qulay, kundalik raqamli ishlarga juda mos. O‘rtacha grafikali o‘yinlarni ham o‘ynash mumkin.

ASUS X540S CELERON 3050

Mazkur markadagi noutbukka ikki yadroli Intel Celeron 3050 protsessori o‘rnatilgan. Operativ xotirasi – 2 GB. Qurilmagan 15,6 dyuymli ekran o‘rnatilgan (aniqlik formati 1366×768 piksel). Doimiy xotirasining sig‘imi 500 GB. DVD-RW sloti mavjud emas. USB 2.0, USB 3.0×2, VGA (D-Sub), HDMI portlari va SD slot ko‘zda tutilgan. Og‘irligi 2,32 kg. Noutbuk kundalik raqamli ishlarni bajarishga mos keladi, turli dasturlarni ishlash imkoniyati beradi. Operativ xotirasi va videokartasi yengil o‘yinlarga mo‘ljallangan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing.

HP 250 G4 CELERON 3050 4GB DDR3

Noutbuk 2/4 yadroli Intel Celeron 3050 protsessori bilan quvvatlangan. 4 GB DDR3L tipidagi operativ xotiraga ega. Ekranining diagonali 15,6 dyuym (aniqlik formati 1366×768 piksel). Grafika Intel GMA HD videokartasi orqali bajariladi. Doimiy xotirasining sig‘imi 500 GB. Bluetooth va Wi-Fi distansion modullari ko‘zda tutilgan. Li-Ion tipidagi sig‘imi 2550 mA/st bo‘lgan batareya yordamida avtonom ishlash vaqti 4-5 soatni tashkil qiladi. Og‘irligi 2,1 kg. Qo‘shimcha ma’lumot bu yerda.

Lenovo B50-10

Model 4 yadroli Seleron 2940 protsessorida ishlaydi. Operativ xotira sig‘imi – 4 GB. Ekranining diagonali 15,6 dyuym (aniqlik formati 1366×768 piksel). Intel GMA HD videokartasi o‘rnatilgan. Noutbukda 500 GBli HDD mavjud. Avtonom ishlash vaqti 3 soat atrofida. SD, DVD-RW interfeylariga ega. Kundalik raqamli ishlarni bajarishda ancha qulay. Turli dasturlarda ishlash imkoniyatini beradi. Bluetooth ulanishi mavjud emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!