Talaba kartoshkadan plastik material yaratdi

  •   Saroy
  •  375
  •  25.10.2018 12:36

Talaba kartoshkadan plastik material yaratdi

Shvetsiyalik Pontus Ternkvist kartoshka kraxmalidan bir martalik pichoq va sanchqi, shakar uchun quticha yasadi.

Potato Plastic (Ternkvistning ixtirosi shunday ataladi) atrof muhitni plastiklar bilan ifloslanishi muammosini hal etishga qaratilgan. Suv va kartoshka kraxmalidan yaratilgan ushbu materialdan bir martalik idish-tavoq va plastik qutilar tayyorlash uchun foydalansa bo‘ladi. Uning asosiy ustunligi  — juda tez parchalanishidir, ya’ni biodegradatsiyalanishi. Potato Plastic’dan yasalgan buyum ikki oy ichida parchalanib ketadi.

O‘QING: Sony PlayStation VR – 2016 yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri

Kartoshka plastikning yana bir jihati, uni ishlab chiqarishning osonligidir. Bu tijoriy maqsadlarda foydalanishda juda muhim sanaladi. Reaksiya aralashmasi qotayishiga qadar qizdiriladi, keyin u qolipga quyiladi va material to qotib kerakli shakldagi buyumga aylangunicha qizdirishda davom etadi. 

Ternkvistning ixtirosi Shvetsiyada shov-shuvga sabab bo‘ldi. Talaba James Dyson Award 2018 konkursining milliy bosqichida g‘olib deb e’lon qilindi va endi mamlakati nomidan final bosqichida ishtirok etadi. Musobaqa g‘olibi noyabr oyi o‘rtalarida e’lon qilinadi. Eng talantli ixtirochi  o‘z loyihasini rivojlantirish uchun 30 000 funt sterling  (taxminan 39 000 dollar) mukofot puli oladi.

O‘QING: Las-Vegasda eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar namoyish qilinmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!