Taniqli insayder HTC X10’ning surati, jihatlari va narxini e’lon qildi

Taniqli insayder HTC X10’ning surati, jihatlari va narxini e’lon qildi

HTC shaxsiy smartfonlari safini One X10 nomli yirik akkumulyatorli gadjet bilan to‘ldirish harakatida. Bu gadjetning 2017 yilning I choragida taqdim etilishi kutilgan edi. Kutilayotgan telefon apparati ayni paytdagi HTC One X9 bilan o‘rin almashadi. Tayvanlik ishlab chiqaruvchining rejalari xususida taniqli IT-tahlilchisi va insayder Evan Blass ma’lum qilib, One X10’ning ilk suratlarini e’lon qilgan.

Unga ko‘ra, HTC X10 qurilmasi metall korpusli bo‘lib, 5,5 dyuymli displeyda taqdim etiladi. Super LCD ekranning piksellar sig‘imi Full HD, ya’ni 1920x1080 belgiga teng. Shuningdek, ekran Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplanadi. Smartfon Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Devaysga 3 Gb operativ xotira, MediaTek’ning samarali ishlaydigan protsessorlaridan biri bo‘lgan 8 yadroli Helio P10 o‘rnatiladi. 32 gigabaytli doimiy xotirani micro SD bo‘lmachasi yordamida 2 Tb.gacha oshirish mumkin. Smartfonning reklama plakatidagi shiorga ko‘ra, zamonaviy smartfon yirik sig‘imli, aniqrog‘i 4,000 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Suratlarga ko‘ra, HTC X10 orqa panelida kamera hamda 2 tusli fotochaqnoq, barmoq izlari skaneri mavjud. Uning 8 MP old va 16 MP bosh kamera modullarida ishlab chiqarilishi aytilmoqda.

HTC ana shunday jihatlarga ega smartfonni $300 AQSh dollariga narxlashi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!