Taniqli insayder Galaxy S9’ning savdoga chiqish vaqtini «sotib qo‘ydi»

  •   DiMaX
  •  2004
  •  16.01.2018 15:31

Taniqli insayder Galaxy S9’ning savdoga chiqish vaqtini «sotib qo‘ydi»

Janubiy koreyalik korporatsiyaning navbatdagi flagmanlari – Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ ayni damda eng kutilayotgan smartfonlaridandir. Samsung Electronics mobil qurilmalar bo‘limi rahbari o‘tgan haftada tasdiqlashicha, bu ikki qurilma MWC 2018 tadbirida namoyish etiladi.

O‘QING: Samsung rasman Galaxy S9 taqdimot sanasini ma’lum qildi

Endi mazkur qurilmalarning savdoga qachon chiqarilishi masalasiga oydinlik kiritish qolayotgan edi. Mazkur ma’lumotni esa mashhur insayder Evan Blass o‘zining Tvitter-akkaunti orqali ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu haqda g‘ilofsoz kompaniyalardan birining top-menejeri aytgan.

Xullasi kalom, agarda Evan Blass bergan xabar to‘g‘ri chiqsa (odatda shunday bo‘lyapti), u holda Samsung o‘zining yangi smartfonlarini 26 fevralda ommaviy namoyishga taqdim etadi. Unga oldindan buyurtma berish birinchi martdan boshlanadi. Do‘konlarga esa Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ modellari 16 martda chiqariladi.

Ushbu devayslarning narxlari haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Samsung’ning shu paytgacha taqdim etilgan smartfonlari esa O‘zbekistonda ham savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Samsung smartfonlarining kredit bo‘yicha so‘mdagi narxlari (2018 yil 12 yanvar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!