Tanishing Acer Swift 7 – dunyodagi eng yupqa ultrabuk

Tanishing Acer Swift 7 – dunyodagi eng yupqa ultrabuk

Shu yilning bahorida namoyish etilgan HP Spectre endi jahondagi eng yupqa noutbuk emas.  IFA 2016 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etilgan 9,98 millimetr yupqalikdagi Acer Swift 7 undan ushbu nomni tortib oldi. Yangi model 13,3 dyuymli,  IPS matritsadagi  Full HD displey va Gorilla Glass tasnifidagi himoya oynasiga ega bo‘lib, yettinchi avlod (Kaby Lake, Y-seriya) Intel Core i5 protsessorida ishlaydi. Ta’kidlash kerak, Intel’ning mazkur tipdagi protsessorlari juda oz energiya sarflashi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, avtonom holatda noutbukning quvvati 9 soatga yetar ekan.

Acer Swift 7 bor-yo‘g‘i 1,1 kg vazn bosadi, 8 gigabaytli tezkor xotira va 256 gigabaytli SSD bilan ta’minlangan. Noutbuk protsessorni passiv sovitilishi hisobiga umuman shovqinsiz ishlaydi. Noutbukning yupqaligiga qaramasdan Acer muhandislari unga ikkita USB-C 3.1 portlarini joylashtirishga muvaffaq bo‘lishgan. Noutbukning Yevropadagi boshlang‘ich narxi 1300 yevroni tashkil qiladi.

acer-swift-7

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!