Taqdimotdan oldin OnePlus Nord 2'ning yangi renderlari paydo bo‘ldi

Taqdimotdan oldin OnePlus Nord 2'ning yangi renderlari paydo bo‘ldi

Slashleaks veb-sayti shu oy taqdim etilishi kerak bo‘lgan OnePlus Nord 2 smartfonining yuqori sifatli rasmlarini e’lon qildi.

O‘QING: OnePlus tasodifan raqibining smartfonini reklama qilib yubordi!

Avvalgi xabarlarga ko‘ra, OnePlus Nord 2 modeli OnePlus 9 seriyali telefonlarga o‘xshaydi. U 6,43 dyuymli AMOLED FHD+ displey va 90Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lib, ekranostida barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

Smartfon bir kristalli MediaTek Dimensirty 1200-AI tizimi asosida sihlaydi, unga 12 GB gacha tezkor va 256 GB doimiy xotira sherik qilingan. Asosiy kamera keng va ultrakeng burchakli linzalarga ega 50 va 8 megapikselli o‘lchamdagi tasvir sensorlari bilan jihozlangan bo‘ladi. Uchinchi tasvir sensori 2 megapiksellik. Old kamera esa 32MP bo‘ladi. OnePlus Nord 2 akkumulyatori 4,500 mAs sig‘imli bo‘lib, Warp Charge tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon 22 iyul kuni taqdim etilishi rejalashtirilgani haqida OnePlus rasman ma’lumot bergan.

Tasvirlarni joylashtirgan LEAKSPINNER nomli insayderda Slashleaks'da 1200 dan ortiq postlar mavjud bo‘lib, ular 82% hollarda to‘g‘ri bo‘lib chiqqan.

O‘QING: OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz