Taqdimotga tayyor Nokia X iPhone X'ga raqibmi?

Taqdimotga tayyor Nokia X iPhone X'ga raqibmi?

HMD Global kompaniyasi Xitoyda navbatdagi reklama roligini namoyish qilishni boshladi. Nokia X smartfoni haqida shu vaqtga qadar biror ma’lumot tarqalmagan edi.

Xitoy kinoteatrlarida Nokia 8 Sirocco haqidagi reklama roligidan so‘ng tomoshabinlar diqqatiga bir necha soniya davomida Nokia X nomli gadjet namoyish etilgan. Shuningdek, uning 27 apreldan taqdim qilinishi ham ma’lum qilingan. Reklamaga guvoh bo‘lganlarning yozishlaricha, "X" bu yerda raqam emas, balki harf sifatida ishlatilgan.

Kompaniya tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Nokia X smartfoni 2014 yilda ham taqdim qilingan edi. Nokia o‘sha yili Windows Phone tizimidan chiqib, Android operatsion tizimida ishlaydigan ilk smartfonni ishlab chiqarishga urinib ko‘rgan edi.

O‘qing: Yangi iPhone'lar muhim jihatdan mahrum bo‘ladi

Hozircha ma’lum xabarlarga ko‘ra, metall korpusli Nokia X o‘rta narxli navbatdagi smartfon bo‘ladi. Ya’ni, u smartfon bozorida Apple'ning ilg‘or flagmani bilan bellashmaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!