Taqdimotidan oldin Galaxy S22 Ultra'ning jonli suratlari e’lon qilindi

Taqdimotidan oldin Galaxy S22 Ultra'ning jonli suratlari e’lon qilindi

LetsGoDigital insayderi Samsung Galaxy S22 Ultra flagmanining oq, qora va bronza rangli turlarini eksklyuziv fotosuratlarda taqdim etdi. Shuningdek, smartfon yashil rangda ham taqdim etiladi. 

Fotosuratdan ko‘rinib turibdiki, Galaxy S liniyasining yangi top-modeli seriya tarixida birinchi marta S Pen uchun uyaga ega bo‘ladi.

Stilus ko‘p yillar davomida Galaxy Note seriyasining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan. Endi Samsung ushbu Note seriyasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Shuning uchun yangi flagmanni Galaxy S21 Ultra va Galaxy Note 20 Ultra modellarining yangi avlodi sifatida ko‘rish mumkin. 

Stilusga joy yaratish uchun Samsung qo‘shimcha dizayn o‘zgarishlarini amalga oshirishi kerak edi. Smartfon boshqa S22 modellaridan farqli o‘laroq qirrali burchaklarga ega bo‘lgan to‘rtburchak shaklida bo‘lib chiqdi. 

Samsung Galaxy S22 Ultra'ning Yevropadagi narxlari ham ma’lum: 

8/128 GB - 1250 yevro; 

12/256 GB - 1350 yevro; 

12/512 GB - 1450 yevro. 

Galaxy S22 Ultra modeli 6.8 dyuymli HDR10+ QHD+ Dynamic AMOLED 2X paneliga ega bo‘lib, 120Hz adaptiv chastotada ishlaydi. Uning maksimal yorqinligi 1750 nitni tashkil etadi. Smartfonning o‘lchamlari 163,3 x 77,9 x 8,9 mm. 

Old tomonda f/2.2 diafragmadagi 40 megapikselli kamera joylashgan. Orqa paneldan esa f/1.8 diafragmadagi 108MP asosiy kamera, f/2.2 diafragmadagi 12MP ultrakeng kamera hamda ikkita 10MP telefoto kamera o‘rin olgan. 

Qurilma 8K Super HDR formatda video yozib olish qo‘llab-quvvatlaydi. 

Galaxy S22 seriyasi bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 taqdim etiladi. 

O‘QING: Samsung yangi Galaxy S22 smartfonlarini ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketilgan baliq to‘rlaridan foydalanadi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!