Tarkibida suv ko‘p bo‘lgan yoqilg‘ining alanga olishini ko‘ring

  •   Saroy
  •  1124
  •  22.09.2018 14:27

Tarkibida suv ko‘p bo‘lgan yoqilg‘ining alanga olishini ko‘ring

Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi Yuqori harorat birlashgan istituti (YuHBI) olimlari tarkibida ko‘p suv bo‘lgan yoqilg‘ining yonish jarayonini kuzatishdi va bir yo‘la ushbu jarayonni boshlash uchun shart-sharoitni ham aniqlashdi. Transportlarda tarkibida suv bo‘lgan yoqilg‘idan foydalanish is gazi ajralib chiqishini kamaytirishga yordam beradi. Ushbu tajriba natijalari bayon qilingan maqola Proceedings of the Combustion Institute jurnalida nashr qilindi. Tadqiqot Rossiya ilmiy fondi (RGF) granti bilan  qo‘llab quvvatlangan.  

Ko‘piklashtirilgan emulsiya o‘zida kislorod pufakchalaridan tarkib topgan ko‘pikli suyuqlikni  tashkil etadi. Suyuklikning o‘zi ikkita fazadan iborat bo‘lib, oddiy sharoitlarda ular bir-biri bilan aralashmaydi. O‘zining tarkibidan kelib chiqib, ko‘piklashgan emulsiyadan sanoatning turli sohasida yuvish vositalari va oziq-ovqat qo‘shimchalari sifatida foydalanish ham mumkin.

O‘QING:Kiyim va poyabzal bosib chiqaruvchi 3 D printeri

Yaqindagina olimlar ko‘piklashgan emulsiyadan yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkinligini isbotlagan edi.  Natijada avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdagi, ma’lum bir sharoitda tarkibining 95 foizi suvdan iborat bo‘lgan emulsiyani yoqish mumkin ekan. Shu bilan birga, suv an’anaviy yoqilg‘i turlariga qaraganda narxni sezilarli ravishda pasaytiradi va ko‘pikli emulsiyaning ekologik tozaligini oshiradi.  Yoqilg‘i sifatida ishlatilayotgan tizim  kislorodning pufakchalaridan tashkil topgan bo‘lib, yonish uchun tarkibida moy, suv, emulsiya  mavjud va ular  suv hajmiga qarab taqsimlangan. Moy suv bilan aralashishi va bir tarkibli aralashmaga aylanishi uchun tizimga suv bilan moyni bir-biriga “yopishtiradigan” ustki-faol   molekulalar qo‘shiladi.

Olimlar tarkibida suv miqdori 40 foizni tashkil qilgan bir nechta emulsiyaning yonish jarayonini kuzatishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jarayon suv asosida ko‘pik yonishidan farq qiladi (Emulsiyadan farqi shuki, u faqat ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir tarkibli suyuqlik va unga aralashtirilgan gaz). Shuningdek, olimlar yonish jarayonining barcha asosiy xarakteristikasini o‘lchab ko‘rishdi: detonatsiya oldida alangani tezlashtirgich (yoqish nuqtasidan to detonatsiyagacha bo‘lgan masofa)dan tortib, alanganing tarqalish tezligigacha.

O‘QING:Las-Vegasda eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar namoyish qilinmoqda

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashlaricha, ko‘pikli emulsiya yonishi uning ichida ko‘pikning parchalanishi bilan kuzatiladi va suv tomchilari paydo bo‘lishiga olib keladi. U yonish o‘chog‘idagi issiqlik energiyasining sarfini belgilaydi. Tomchi diametri emulsiya yonishining to‘liq modulini olish uchun issiqlik samarasiga, yonish haroratiga va alanga ko‘rsatkichiga  juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Chunki suv tomchisining diametrini eksperimental aniqlash muhimdir.  Buning uchun olimlar yonishdagi aralashmaning lazer nuridan o‘tgandan keyin olingan mahsulot oqimini suratga olishdi. Detonatsiya tavsifini o‘rganish uchun olimlar boshqa tajribani o‘tkazib ko‘rishdi. Ular emilsuyani unchalik katta bo‘lmagan quvur ichida yoqib ko‘rishdi va alanganing tarqalish tezligini hamda detonatsiya oldidan tezlashishini o‘lchab ko‘rishdi. Ushbu o‘lchashlarning natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, yonishning tezlashishi odatda unchalik katta bo‘lmagan bosimli to‘lqinni yuzaga keltirib, paydo bo‘lgan suv tomchilarini kichraytiradi. Bu ma’lumotlar yonish mexanizmi va uning turli faktorlariga ta’sirini aniqlashga yordam berdi.

«Mazkur ishda biz alanga tezligini o‘lchash va quvur ichidagi ko‘pikli emulsiyaning yonish jarayonidagi bosim tarqalishining eksperimental natijalarini ilk bor taqdim etdik. Alanga jabhasi bilan siqilgan to‘lqinlarning birgalikdagi harakati ko‘pikli emulsiyaning yonish tezligiga ta’sir etadi. Biz taklif qilganimizdek, alanga va emulsiya detonatsiyasining tezlashishi tizimning suyuqlik fazasida portlab qaynayotgani bilan bog‘liqdir», deydi Yuqori harorat birlashgan istituti yetakchi ilmiy xodimi Boris Kichatov.

O‘QING:Sony PlayStation VR – 2016 yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.