Tarmoqda iPhone 7 faoliyati aks etgan ilk video paydo bo‘ldi

Tarmoqda iPhone 7 faoliyati aks etgan ilk video paydo bo‘ldi

Bahs qizimoqda. iPhone 6s tobora arzonlashib, iPhone 7 haqidagi gap-so‘zlardan u to‘g‘ridagi tasavvurlarimiz oydinlashib bormoqda. Nihoyat, Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida hali rasman taqdim qilinmagan iPhone 7 flagmanining yangicha ko‘k qobiqli talqini namoyish etilgan video e’lon qilindi. Videoda kameraning ishlashi hamda smartfondagi muhandislik menyusi aks etgan.

Video shu vaqtga qadar insayderlar tomonidan Apple’ning navbatdagi smartfoniga oid tarqatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Jumladan, iPhone 7 korpusining orqa panelidagi antenna ustiga yotqizilgan plastik chiziq yanada yuqoriroqdan joy olib, orqa panelning dizayni uchun yaxshi yechim bo‘lgan.

Korpusda 3,5 mm audio-quloqchin uchun port chindan ham mavjud emas. Uning o‘rnini ikkinchi dinamik egallabdi.
Demak, endi simsiz naushniklar “aqlli telefon”ga Lightning yoki Bluetooth porti orqali ulanadi. Shu bilan birga, ko‘rinib turganidek, iPhone 7 kamerasi iPhone 6s’nikiga qaraganda kattaroq.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!