Tarmoqlarda Honor 8X smartfoni qutisining surati paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1279
  •  20.08.2018 11:18

Tarmoqlarda Honor 8X smartfoni qutisining surati paydo bo‘ldi

Xitoy internet tarmoqlarida hali anonslashtirilmagan Honor 8X smartfoni qutisining rasmi tarqaldi.

Afsuski, qutida qurilmaning o‘zi  haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Unda faqat smartfonning nomi  (Honor 8X) va  AI (inglizcha sun’iy intellekt) yozuvi ko‘rinib turibdi. Ehtimol,  gap qurilmaning kamerasi haqida ketayotgandir.

Agar tarmoqlarda apparatning qutisi surati paydo bo‘ldimi, demak uning anonsiga ham oz qolgan. Ehtimol, Honor 8X smartfoni  31 avgustdan 5 sentyabrgacha Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilar.

Mish-mishlarga qaraganda, smartfon ulkan displeyga ega bo‘ladi. Uning kattaligi 7.12 dyuym va albatta qirqmali. Formati Full HD+ (2244×1080p) va tomonlar nisbati 18.7:9.  Xabarda aytilishicha, sakkizyadroli Kirin 710 chipi Honor 8X’ning yuragini tashkil etadi. Bundan tashqari, yangi model 4 GB OZU, 64 GB PZU, sig‘imi 4900 mAch bo‘lgan batareya bilan ta’minlanadi. Asosiy kamerasi ikkitalik bo‘lib, 16 Mp + 2 Mp va Android 8.1 Oreo.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.